Buxoro viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumta’lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan «Buxoro viloyati hokimi kubogi» uchun ochiq olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Qorako‘l tumanidagi «Xalqaro matematika maktabi»da bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 104 nafar o‘quvchi qatnashdi. Yoshlar g‘oliblik uchun bellashdi. Olimpiada test sinovi shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga 20 ta ochiq, ya’ni javobi belgilanadigan, 10 ta yopiq, ya’ni javobi yoziladigan test topshiriqlari berildi. Javoblar topshiriqlarning murakkablik darajasiga qarab 3 ta darajada baholandi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir sinf kesimida 1-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 12 nafar g‘olib o‘quvchi aniqlandi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Viloyat hokimi kubogi” uchun matematika fanidan olimpiada o‘tkazildi