Viloyat hokimi IT sohasi vakillari bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov viloyatdagi IT sohasi vakillari, dasturchi va frilanserlar bilan uchrashdi.
Ta’kidlash kerak, Namangan IT mahsulotlar eksportida respublikada ikkinchi, umumiy mahsulot hajmi bo‘yicha kuchli beshlikdan o‘rin olgan. Lekin, mavjud imkoniyatlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich yetarli natija emas. Uchrashuvda aynan shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tildi.
[gallery-10621]
Viloyatda dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 130 dan ortiq sub’ekt mavjud bo‘lsada, ularning atigi 18 tasi IT Park rezidenti ekanligi tanqid ostiga olindi. Shuningdek, viloyat hokimligi tashabbusi va mablag‘lari evaziga tashkil etilgan va IT Park operativ boshqaruviga berilgan 14 ta IT School o‘quv markazi va Kovorking markazi faoliyati ham yetarli emasligi aytib o‘tildi.
Soha vakillariga sharoit yaratish, ular ishlab chiqqan dasturiy mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish va takliflarni berish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA