Viloyat hokimi faol yoshlar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev taʼlim, fan, sanʼat, sport va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida mehnat qilayotgan faol yoshlari bilan uchrashdi.
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev taʼlim, fan, sanʼat, sport va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida mehnat qilayotgan faol yoshlari bilan uchrashdi.
Sirdaryo viloyati hokimligining “Qabullar uyi”da tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi aʼzolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻnggi yillarda yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Hududlarda kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish, yosh tadbirkorlar uchun ajratilayotgan bank kreditlari masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Yoshlar viloyat hokimiga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Har bir savol, masalaga aniq va atroflicha javob berilishi bilan birga, yoshlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
– Ushbu tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad bugungi kunda yoshlarimizni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish hamda qaysi sohada boʻlmasin ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Shavkat Zayniddinov. – Yoshlarmiz iqtidorini roʻyobga chiqarishga davlat darajasida eʼtibor qaratilib, ularning kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu eʼtibor va gʻamxoʻrlikka javoban, biz yoshlar yangi marralar sari intilishimiz kerak.
Tadbirda viloyat hokimiga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining tashakkurnoma va esdalik sovgʻasi topshirildi.