Koronavirus pandemiyasi ko‘pgina rejalarga jiddiy ta’sir qildi. Shunday bo‘lsada, hududlarda imkoniyatlar faol ishga solinib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov Bag‘dod tumanida bo‘lib sohalardagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorlar, aholi vakillari, xususan, yoshlar bilan suhbatlashdi.

Birdamlik ko‘chasida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida xotin-qizlarni sportga keng jalb qilish maqsadida zamonaviy sport majmuasi qurilishi boshlandi. Viloyat rahbari mazkur inshootdagi qurilish jarayonini borib ko‘rdi.

Tumanda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘paytirib borish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Jumladan, kelgusi 5 yilda “O‘zbekiston”, “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida uzunligi 3-5 kilometr bo‘lgan “Salomatlik yo‘laklari”, “Xo‘jaqishloq” va “Namuna” mahallasida veloyo‘lakchalar barpo etiladi. Markaziy o‘yingohda joriy yilda 1 milliard 817 million so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilda sun’iy qoplamali mini futbol, basketbol, voleybol maydonlari hamda yugurish yo‘lakchalarini barpo etish rejalashtirilgan.

Bag‘dodlik milliy kurash, taekvondo, volleybol, badiiy gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan chempionlar bilan muloqot samimiy kechdi. “Bag‘dod mebel” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorda talab yuqori. Viloyat rahbari mazkur korxona tashabbusi bilan qurilayotgan xizmat ko‘rsatish majmuasi va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi. Bu yerda umumiy qiymati 8,5 milliard so‘m bo‘lgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Natijada o‘ndan ortiq xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yuzta yangi ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifatini yuqori baholadi. “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida 30 ga yaqin yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqildi. Bu yerda tashabbuskor tadbirkorlarga loyiha ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda yer maydonlari ajratilmoqda. Viloyat rahbari loyihalar taqdimotida tadbirkorlarga 50 gektar yer maydoni ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tumanning “Guliston” yo‘ldosh shaharchasida 15 ta 24 xonadondan iborat ko‘p qavatli turar joy binolari qad rostlamoqda. Hozirda ko‘p qavatli uy-joylarni qurish ishlari ustalar tomonidan qizg‘in olib borilyapti. Mazkur jarayon bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi mazkur turar-joy binolarini tez fursatda qurish va uni o‘z egasiga sifatli topshirish xususida fikrlar bildirdi. Shaharchaning o‘zida xaridorlar uchun maxsus xona tashkil etish, ularga qurilayotgan xonadonlardagi qulaylik, shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berish, uy-joy maketlarini tayyorlash kabi tavsiyalarni berdi.

Shu kuni an’anaga muvofiq tuman yoshlarning taklif va muammoli masalalarini tinglash va hal etish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham o‘tkazildi. Yoshlar o‘z murojaatlarida asosan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yer maydoni ajratish, ishga joylashish, kredit olish, asalarichilikni rivojlantirish, “aqlli bekat” tashkil etish, sport to‘garaklari ochish, tengdoshlariga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berish kabi takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda 30 dan ortiq murojaatlar, o‘rtaga tashlanib, ularga yechimlar topildi. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha respublika chempioni bo‘lgan yosh sportchi Hasanjon Mirzarahimovga esdalik sovg‘alari topshirildi.

M. SULAYMONOV, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi bag‘dodlik tadbirkorlar va yoshlar bilan uchrashdi