Viktor Gyokeresh «Barselona»ning zaxira variantiga aylandi
Shvetsiyalik hujumchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
«Arsenal» hujumchisi Viktor Gyokeresh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi har kuni o‘z xizmatlarini hujumchi izlayotgan «Barselona»ga taklif qilmoqda. Shu bilan birga, OAV xabarlariga ko‘ra, kataloniyaliklar Gyokeresh nomzodini haqiqatan ham ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha uni zaxira variant sifatida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Viktor Gyokeresh «Arsenal» safida barcha turnirlarda 55 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.