Nizomiy Ganjaviy — Ozarbayjonning jahon adabiyotidagi eng yorqin vakili, yirik elchisi hisoblanadi.

Nizomiy Ganjaviy — Ozarbayjonning jahon adabiyotidagi eng yorqin vakili, yirik elchisi hisoblanadi. Nizomiy Ganjaviy – jahon adabiyotidagi eng nufuzli shoirlardan biridir. Nizomiy merosi dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi adabiyotshunoslar va tadqiqotchilar tomonidan oʻrganiladi.

Nizomiyshunoslik jahon sharqshunoslik ilmining yoʻnalishlaridan biriga aylangan, uning asarlari ozarbayjon xalqi ruhining eng mukammal badiiy ifodasidir. Oʻzbekistonda aynan Nizomiy Ganjaviyning ijodiga boʻlgan katta qiziqish va talabni eʼtiborga olib, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi “Vikipediya” koʻngillilari “Vikipediya” ning xalqaro elektron ensiklopediyasida buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodi toʻgʻrisidagi maxsus oʻzbek tilidagi boʻlimni yaratdi.

Boʻlimda Nizomiy Ganjaviyning Ozarbayjon, Sharq va jahon adabiyotida tutgan oʻrni, buyuk mutafakkirning hayoti va ijod yoʻli toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilgan. Sahifada shoirning taxallusi, tugʻilgan sanasi va joyi, ota-onasi, qarindoshlari, maʼlumoti, shuningdek, uning “Xamsa” devonlari haqida soʻz boradi.

Bundan tashqari, boʻlimda Nizomiy Ganjaviyning tugʻilgan joyi va sanasi, uning forsiy asarlaridagi ijodi, millati, tarixiy faktlar, jahonning yetakchi olim va tadqiqotchilarining qarashlari toʻgʻrisidagi asoslanmagan qator maʼlumotlarga izohlar berilgan.

Nizomi Ganjaviy insoniyat badiiy madaniyati tarixiga yangi fikrlar va gʻoyalar kiritgani, sharq sheʼriyatini shakl va mazmun bilan boyitgani, Uygʻonish davri yangi adabiyotining beqiyos namunalarini yaratgani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Uning ijodi – jahon adabiyoti tarixidagi yangi bosqich, yangi tarixiy davr va donishmandlik choʻqqisidir. Jahon adabiyotining durdonasi hisoblanmish “Xamsa” asaridagi besh dostonning har biri haqida yaratilgan boʻlimda adabiyot ixlosmandlari uchun keng qamrovli maʼlumotlar, suratlar va qiziqarli faktlar mavjud.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi haqidagi axborot,”Xamsa” asarining oʻzbek tilidagi tarjimasi va nashri shu tilga tarjima qilingan asarlari bilan birga, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, uning byusti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va suratlar berilgan.

Taʼkidlash joizki, yangi boʻlim maqola va fotosuratlarga boy. Bu yerda Nizomiy Ganjaviy asarlari asosida yaratilgan musiqiy asarlar, romanslar, opera va simfonik asarlar roʻyxati, shuningdek, buyuk mutafakkir haqidagi koʻplab adabiyotlar keltirilgan.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniy markazidan xabar berishlaricha, Markazning “Vikipediya” koʻngillilari va OMFA Markaziy Ilmiy Kutubxonasi xodimlari oʻrtasida tajriba almashilmoqda va hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Nizomiy Ganjaviy haqidagi boʻlim bilan quyidagi murojaat orqali tanishish mumkin: https://uz.wikipedia.org/wiki/Nizomiy_Ganjaviy.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vikipediyaning oʻzbek segmentida Nizomiy Ganjaviy haqida boʻlim yaratildi