“Viki yodgorliklarni sevadi”: O‘zbekistonning madaniy merosi ob’ektiv nigohida
Xalqaro “Viki yodgorliklarni sevadi” tanlovi har yili butun dunyoda o‘tkaziladi. Bu yil tanlovda 40 dan ortiq davlat ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz bu tanlovda uchinchi yil ketma-ket qatnashmoqda, o‘tgan yillarda 8 mingdan ortiq surat yuklangan, shuningdek, bitta tasvir dunyo miqyosida sovrinli o‘rin egallagan.
Tanlovda tarixiy binolar va diqqatga sazovor joylarning suratlari bilan qatnashish mumkin.
Tanlovning asosiy maqsadi keng jamoatchilik e’tiborini madaniy meros ob’ektlari, ishtirokchi davlatlarning me’moriy yodgorliklariga qaratish va mamlakatimizda turizm rivojiga hissa qo‘shishdan iborat.
“Viki yodgorliklarni sevadi” (Wiki Loves Monuments, WLM) fototanlovi 2010 yildan buyon har yili kuz faslida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazib kelinmoqda.
Mamlakatimizda bu tanlov 1–31 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Uning tashkilotchisi "Wikimedia Foundation" hisoblanadi.
Hamroz Bayanov, O‘zA