Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13 aprel kuni poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni o‘tkaziladi.
Ushbu yirik sport anjumanining sovrin jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etmoqda. Musobaqa doirasida dastlab 12 aprel kuni “Magic City” ko‘ngilochar bog‘ida “Kids Run”, “Nordic walking” yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Marafonning asosiy starti 13 aprel kuniga belgilangan bo‘lib, ishtirokchilar klassik marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.), 3 va 10 km. masofaga yugurish musobaqalarida o‘zlarini sinab ko‘radi.
Shu munosabat bilan 2025 yilning 13 aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasida hamda unga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA