Poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.) va 10 km. masofaga yugurish trassalarida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tutash yo‘l bo‘ylab yugurdi. 3 km. masofaga yugurish esa bevosita bog‘ hududida tashkil etildi.

Toshkent xalqaro marafonining bu yilgi bahslarida 52 mamlakatdan 11 ming 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

[gallery-22784]

Musobaqaning 3 km masofaga o‘tgan yugurish bahslarida Eldor Botirov va Sadoqat Samig‘jonova g‘alaba qozondi. 10 kilometr masofadagi bellashuvlarda Hasan Mirsoatov hamda Alina Hakimova marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, yarim marafonda Rinas Ahmadiyev va Aynushka Halil Qizi tengsiz bo‘ldi. 42 km.dagi marafonda Vitaliy Shafar va Yekaterina Tunguskova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Marafon yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VII Toshkent xalqaro marafoni g‘olib va sovrindorlari aniqlandi