Vetnam Prezidenti Yaponiyaga boradi
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong 27-30 noyabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyurib, Bosh vazir Fumio Kisida bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda kun chiqar yurt Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “TASS” ma’lum qildi.
Hukumat Vetnam Prezidenti tashrifini samimiy olqishlaydi, bu voqea do‘stona munosabatimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, - deyilgan bayonotda.
Vo Van Txiong va imperator Naruxito uchrashuvi, shuningdek tantanali qabul marosimi ham rejalashtirilgan.