31 yanvar kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Vengriya milliy kino instituti, O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida ilk bor “O‘zbek kinosi kuni” tashkil etiladi.

Ushbu tadbirda kino muxlislarining mehrini qozongan “Ilhaq”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” hamda yaqinda premerasi bo‘lib o‘tgan “House” va “Pandemiya” filmlarining namoyishi rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi kinoijodkorlar delegatsiyasi ishtirok etadi.

Aytish kerakki, “Pandemiya” filmi 2020 yil butun dunyo boshiga tushgan koronavirus epidemiyasining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va bu tahlikali vaziyatda xalqimizning o‘zaro mehr oqibati, birdamligi, sinovlarga bardoshi va mazkur jarayonda davlatning xalq oldidagi majburiyatlari ifoda etiladi. Notanish dard qarshisida ojiz qolgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Qoraboyev ushbu virusga chalingan ilk bemorni kuzatar ekan, undagi holatlar dunyo afkor ommasi bong urayotgan xastalik simptomlariga mos ekanligini aniqlaydi. Zudlik bilan soha vakillarini jamlab vaziyat tizginini o‘z qo‘liga olishga urinadi.

Shifokorlar oylab uyiga bormay, turnaqator kelayotgan bemorlarni davolashga harakat qiladi. Yo‘qotish iztirobini boshdan kechiradi. Shunday vaziyatda chin insoniy fazilatlar yuzaga qalqib chiqadi. Kimdir bemorning hayotini saqlab qolish uchun jonini jabborga bersa, tag‘in kimdir shu vaziyatdan ham mo‘maygina daromad orttirish ishtiyoqida qing‘ir ishlarga qo‘l uradi. Shuningdek, filmda muhabbat, or-nomus, kasbga sadoqat kabi umuminsoniy tuyg‘ular baland pardalarda talqin etilgan.

“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” kartinasi voqealari 1917 yilgi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng yuz bergan fuqarolar urushi davrida O‘zbekiston qishloqlaridan birida sodir bo‘ladi.

Film qishloqda yashovchi yer egasi haqida hikoya qiladi. Erkakning uch nafar xotini merosxo‘r dunyoga keltirmagan. Shu bois zamindor to‘rtinchisiga uylanishga qaror qiladi. Barcha chigalliklar shundan so‘ng boshlanadi. Xotinlariga yomon munosabat, kundoshlarning o‘zaro ixtilofi yangi munosabatlarni shakllantiradi. O‘ta nozik va tuslanuvchan tabiatga ega rishtalar alaloqibat darz ketadi. Bolsheviklarning hukumat tepasiga kelishi ayollarning jamiyatdagi rolini o‘zgartiradi...

“Ilhaq” filmi real voqealarga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinchi jahon urushi davridagi hayoti hikoya qilinadi. Zulfiya ona besh o‘g‘lini urushga kuzatadi. Afsuski farzandlarining hammasi halok bo‘ladi. Ulardan to‘rttasining rafiqasi bor edi, keyinchalik kelinlar boshqa turmush qurmaydi. Zulfiya aya qora maktublar olsa ham, umrining so‘nggi kunlarigacha farzandlarining qaytishiga umid qilib yashaydi...

“House” filmi qishloqdagi fojia haqida so‘zlaydi. Yoshlar orasida keng tarqalgan xavfli chellenjdan beva ayolning yolg‘iz o‘g‘li vafot etadi. Hech qanday jinoiy ish ochilmaydi. Alamzada ayol o‘g‘lining qotilini izlab shaharga yo‘l oladi. U bu yo‘lda yengil hayot tarziga ko‘nikib qolgan TicTokerlar hayoti bilan tanishadi. Ularning o‘tkinchi shon-shuhrat ortidan quvishi, adolat yo‘lida turli to‘siqlar yaratadi. Ayol voqealar rivojida o‘z qadriyatlarini taftish qilib, o‘zini qaytadan kashf etadi.

Vengriyalik tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinishi kutilayotgan filmlar Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan bo‘lib, Turkiya, Xitoy, Belarus Respublikasi va Rossiya kabi o‘ndan ortiq mamlakatlarning kinoteatrlarida namoyish qilingan. Bundan tashqari, ushbu filmlar xalqaro kinofestivallarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriyada “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi