Dunyo ahli elektr energiyasiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Yevropada kuzatilayotgan bu boradagi tanqislik, mamlakatimizda esa ushbu manbaga bo‘lgan talab oshib borayotganida bu holatni sezish qiyin emas.

Albatta, har bir davlat ushbu muammoni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayonda tabiiy rusurslar o‘rniga muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda.

O‘z navbatida, mamlakatimizda ham muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 7-9 sentyabr kunlari "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan Leningrad atom elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Hindiston, Janubiy Afrika, Bangladesh, Vengriya, Misr Arab Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya kabi davlatlardan vakillar ishtirok etdi.

O‘zA muxbiri mazkur xalqaro tadbir doirasida Vengriya davlatining mustaqil eksperti Jolt XARFASH bilan suhbatlashdi.

– “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir ishtirokchilar uchun har jihatdan foydali, deb o‘ylayman, – dedi J.Xarfash. – Chunki ular Leningrad atom elektr stansiyasi bilan yaqindan tanishdi.

Men Leningrad atom elektr stansiyasiga bir necha bor kelganman. Bu yerdagi yangi energiya bloklari qurilishi paytida ham bo‘ldim va ularning ishlash jarayoni bilan yaxshi tanishman. Ushbu “VVER-1200” energiya bloklari yadroviy xavfsizlik va ekologiya nuqtai nazaridan eng xavfsiz bo‘lib, Atom energiyasi xalqaro agentligi tomonidan tan olingan. Ushbu quvvat bloklari eng qat’iy xalqaro xavfsizlik talablariga javob beradi.

Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, xuddi shu turdagi energiya bloki Vengriyada ham quriladi. Yevropa Ittifoqi ruxsatini olish uchun ushbu energiya bloki Yevropada ham diqqat bilan o‘rganilgan. Tadqiqotlar energiya bloki ham radiatsiyaviy, ham yadroviy xavfsizlik nuqtai nazaridan Yevropaning eng qat’iy talablariga javob berishini tasdiqladi.

– Vengriya bu sohada qanday tajribaga ega?

– Vengriya atom elektr stansiyasi bo‘yicha qariyb 40 yillik tajribaga ega. O‘tgan asrning 80-yillari boshida “Paksh” atom elektr stansiyasining “VVER-440” birinchi energiya bloki ishga tushirilgan va keyinchalik ketma-ket yana shunday uchta quvvat foydalanishga topshirilgan.

Ahamiyatlisi, uch hafta oldin davlatimiz “Paksh-2” atom elektr stansiyasida “VVER-1200” energiya bloklarini qurish uchun litsenziya oldi. Ya’ni, tez orada mamlakatimizda yangi “VVER-1200” energiya bloklari qurilishi boshlanadi. Litsenziyaga ko‘ra, ushbu quvvat bloklari kamida 60 yil ishlaydi. Shuni ta’kidlashni istardimki, bu Vengriyada Rossiya texnologiyasi asosida yangi energiya bloklarini qurish bo‘yicha olingan Yevropa Ittifoqidagi birinchi ruxsatnomadir.

– Vengriyada atom elektr stansiyasi qurishning asosiy sabablari nimada? Elektr energiya ishlab chiqarishda boshqa manbalardan ham foydalaniladimi?

– Bu juda muhim savol. Vengriya yangi energiya bloklarini qurishga qaror qilishi bir qator talablar bilan bog‘liq. Bu ishonchli va xavfsiz energiya manbasini arzon narxlarda ta’minlash zaruratidir.

Vengriyada elektr energiyasining boshqa manbalari yetarli miqdorda mavjud emas, shuning uchun mamlakat atom energiyasidan foydalanadi.

Vaqt o‘tishi bilan energetika bozori kon’yunkturasi Vengriya qarorining to‘g‘riligini tasdiqladi. Yevropa energetika inqirozini boshdan kechirayotgan hozirgi paytda bu holat, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mamlakat aynan atom energetika bloklari tufayli o‘zini arzon energiya bilan ta’minlay oladi. Bundan tashqari, atom energiyasi iqlim maqsadlariga ham mos keladi. Shunga ko‘ra, mamlakatning energetik xavfsizligi uchun asosiy manba doimo uning yetarli miqdorda bo‘lishidadir. Buni aniq atom energetikasi tufayli amalga oshirish mumkin.

– Yangi energiya bloklarini qurish bo‘yicha aholining munosabati qanday?

– Yuqorida qayd etganimdek, Vengriyada qariyb 40 yildan buyon atom elektr stansiyasi mavjud va odamlar uning xavfsiz ishlashini biladi. Aholining aksariyati atom energiyasini qabul qiladi. Uni qo‘llab-quvvatlaydi demaymiz, lekin qabul qiladi. Chunki u xavfsiz ishlasa, qo‘rqadigan hech narsa yo‘q, deb hisoblaydi.

So‘nggi o‘n yilliklar davomida atom energiyasi o‘zining xavfsiz, muammosiz ekanini isbotladi. Doimiy ravishda mamlakatni energiya bilan ta’minladi. Muhim jihati shundaki, odamlar atom elektr stansiyalari tufayli energiya nisbatan arzon ekanligini tushunishadi.

Yana bir fakt: Vengriyada ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 50 foizi “Paksh” AES tomonidan ta’minlanadi. Aytganimdek, aynan shu stansiyaning ishlashi tufayli hozir mamlakatda elektr energiyasi eng arzon hisoblanadi.

– Vengriyada rejalashtirilayotgan energiya bloklari qanday tartiblar asosida quriladi?

– Ushbu loyiha qiymati 12,5 milliard yevro bo‘lib, 80 foizi Rossiya krediti hisobiga, 20 foizi esa Vengriya tomonidan taqdim etilgan. Stansiya o‘z ishini boshlagach, kredit to‘lanadi. Biz uchun bu juda foydali sxema.

Bundan tashqari, mahalliy sanoat 40 foizgacha uskunalarni yetkazib berishda ishtirok etishi va turli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. “Rosatom” kadrlar tayyorlashda ham qatnashadi.

Yana bir jihati shuki, Vengriya davlatlararo kelishuv sxemasi asosida birinchi stansiyada elektr energiyasi ishlab chiqargan. Endilikda ayni moliyalashtirish sxemasi kreditning imtiyozli shartlariga asoslanadi.

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA suhbatlashdi.

Toshkent Sankt-Peterburg - Toshkent

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya "yashil" energetikadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda