Venesuelada xalq namoyishga chiqdi
Venesuela shaharlarida besh milliondan oshiq aholi Prezident Maduroni qo‘llab quvvatlab namoyishga chiqdi.
Venesuela shaharlarida besh milliondan oshiq aholi Prezident Maduroni qo‘llab quvvatlab namoyishga chiqdi.
Prezident Nikolas Maduro Karakasdagi namoyishda ishtiroki chog‘ida fikr bildirib, “Odamlar hamma narsa oligarxlar emas, xalqniki ekanini ko‘rsatib qo‘yish uchun ko‘chaga chiqdi”, deb ta'kidladi u.
Telesur ma'lumotiga ko‘ra, mazkur namoyishlar mart oyining boshidan buyon uchinchi yirik namoyish sanaladi. Avvalroq Maduro xalqni tinchlik va milliy mustaqillikni himoya qilishga chaqirgandi.