Velosportchimiz Portugaliyada chempion bo‘ldi
Portugaliyada velosport bo‘yicha “UCI” musobaqalar taqvimidan joy odgan “Troféu Internacional de Pista – José Bento Pessoa“ xalqaro turniri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston velosporti terma jamoasi a’zosi Margarita Misyurina “SCRATCH” yo‘nalishida Yevropaning mahoratli velosipedchi ayollarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning bu yutug‘i “Parij-2024" yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun xalqaro reyting ochkolari sonini ko‘paytirdi.
Bugun, 17 dekabr kuni “Troféu Internacional de Pista – Alves Barbosa“ xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu xalqaro turnirning trek yo‘nalishida ayollar milliy terma jamoa a’zolari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, sportchilarimiz nufuzli turnirlarga xorijiy mutaxassis Gleb Groysman murabbiyligida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA