Velosportchimiz Ispaniyada sovrindor bo‘ldi
Ispaniyada o‘tgan "V TROFEO AYUNTAMIENTO DE SIERO" kubogida O‘zbekiston nomi e’tirof etildi.
Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli velosportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
E’tiborli jihati, 200 nafarga yaqin mahoratli velosportchilar ishtirokida kechgan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, “ODL Team” sport klubi vakili Nafosat Koziyeva ayollar o‘rtasida 74,7 km. masofaga o‘tkazilgan poygada muvaffaqiyatga erishdi.
Hamyurtimiz Nafosat Koziyeva belgilangan marrani 1 soat, 48 daqiqa, 23 soniya oralig‘ida bosib o‘tib, V TROFEO AYUNTAMIENTO DE SIERO" kubogi bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA