🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Velosportchilarimiz jahon chempionligini ko‘zlamoqda

Velosportchilarimiz jahon chempionligini ko‘zlamoqda
Sport
Tanlaş
13:52 / 23.09.2025

Ruandaning Kigali shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Chempionatning bugun, 23 sentyabr kungi dasturida hamyurtlarimizdan Samira Ismoilova yoshlar o‘rtasida 18.3 km. masofada o‘tadigan yakkalik vaqt poygasida bahslarga kirishadi.

Shuningdek, terma jamoamizning ikki nafar a’zosi 26 sentyabr kuni Muxriddin Sapparov, yoshlar o‘rtasida guruh poygasida, Nikita Svetkov esa U23 toifasida guruh poygasida qatnashadi. 27 sentyabrda Yanina Kuskova ayollar o‘rtasida, 28 sentyabr sanasida Murodjon Xolmurodov erkaklar o‘rtasidagi guruh poygalarida medallar uchun raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Muallif: javohirtoshxujayev