Velosportchilarimiz Filippinda tarixiy yutuqqa erishdi
Filippinda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan qit’a chempionatining ilk kunida yosh qizlar o‘rtasida o‘tgan birinchi kungi dastur poygalarida terma jamoamiz a’zolari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aytish lozim, Osiyo chempionatlari doirasida tashkil etilgan jamoaviy yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bugungacha shohsupadan joy olmagan edi.

Shu jihatdan, ushbu ko‘rsatkich mamlakatimiz velosportchilari uchun tarixiy natija sifatida e’tirof etildi.
Chempionatning 4 kilometr masofaga mo‘ljallangan “Team Pursuit” dasturi texnik jihatdan ancha murakkab poygalardan biri hisoblanadi.

Mazkur bellashuvda Yekaterina Makarochkina, Gulhayo Sattorova, Roksana Hikmatova hamda Dilnuraxon Mirzavaliyeva terma jamoamiz sharafini himoya qildi.
20 tadan ziyod davlatning eng mahoratli velosportchilari qatnashayotgan chempionat 31-martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA