Velosportchi qizlar mamlakat chempionatida bellashmoqda
Jizzax viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati qizg‘in o‘tmoqda.
Chempionatning ikkinchi bosqichida 14-16 yosh toifasidagi qizlar 20 km, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar esa 40 km masofadagi guruh poygasida o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu bahslarda Madina Anvarova, Gulmira Jailova, Aliya Gafarova, Sabrina Altinbekova, Gulhayo Sattorova va Madina Abdusattorova o‘z yo‘nalishlarida shohsupaga ko‘tarildi.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 16-21 sentyabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan yoshlar (yigit va qizlar) hamda 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA