Velomarafonning navbatdagi finalchilari aniqlandi
Namanganda o‘tkazilgan “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichida uch yosh toifasi bo‘yicha 500 nafar havaskor sportchi ishtirok etdi.
Namanganda o‘tkazilgan “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichida uch yosh toifasi bo‘yicha 500 nafar havaskor sportchi ishtirok etdi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida barkamol avlodni tarbiyalash, oilalarda ma’naviy-ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Havaskor sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur an’anaviy velomarafon ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
9-14 yoshlilar o‘rtasida Akbar Nuriddinov, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Umid Ikromov, 18-30 yoshlilar o‘rtasida Shuhrat Hojiyev g‘olib chiqib, mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
“Eng faxriy poygachi”, “Eng yosh poygachi”, “Velopoygachilar oilasi”, “Eng mahoratli texnik poygachi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar rag‘batlantirildi.