Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni bartaraf etish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida respublikaning 7 ta viloyatida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Vazirlikning Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan ushbu kameralarni nazorat qilishga mo‘ljallangan vaziyatlar markazi ham tashkil etildi. Ushbu markaz 2023 yil dekabrda ish boshlagandi. Onlayn kameralar orqali 2024 yil boshidan 1200 dan ortiq huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatuv kameralari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ayni damda bunday kameralar Samarqand viloyatida ham ishga tushirilmoqda. Qolaversa, respublikamizning boshqa hududlarida ham kameralar o‘rnatish rejalashtirilgan.  

2023 yilda jami 200 ga yaqin onlayn videokuzatuv kameralari orqali 6542 ta ekologik qoidabuzarlik aniqlangan.

Ma’lumot berilishicha, 2024 yil yakuniga qadar onlayn kuzatuvlar mamlakatimizning barcha viloyatlarini qamrab olib, kameralar soni 600 taga yaqinlashadi. Yaqin yillarda esa kameralar sonini mingtagacha yetkazish maqsad qilingan.

Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi qonun buzilishi holatlarini ham aniqlayapti. Bu esa ekologik huquqbuzarliklarni tezda bartaraf etish va insonlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zA vakillari Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nazirjon Umarov bilan suhbatlashdi, vaziyatlar markazidagi ish jarayonidan reportaj tayyorladi.

Video materialni YouTube tarmog‘imiz orqali tomosha qiling.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/dLCNSOtnWaY?si=71nUAWMcJ2I8VHHq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vaziyatlar markazida ikki yuzga yaqin kamera nazorat qilinmoqda (+video)