Yana sanoqli kunlardan keyin tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘ladi.

Shu qisqa davr ichida ham ona tilimiz bir necha bosqichni boshdan kechirdi.

Davlat tili haqidagi qonun, uning ijrosi, yangi alifbo, davlat tilida ish yuritish – hamma-hammasi hukumat e’tiborida ekanligi ijobiy o‘zgarishlarga omil bo‘lmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil II- yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi qonunning Mudofaa vazirligi tizimi va Farg‘ona viloyati hokimligi apparati, shahar va tuman hokimliklaridagi ijrosi o‘rganildi.

Mudofaa vazirligida 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 1 yanvargacha jami 1268 ta buyruqdan 1164 tasi davlat tilida, 104 tasi boshqa tilda; 2020 yil 1 yanvardan 2021 yil 1 yanvargacha 829 ta buyruqdan 826 tasi davlat tilida, 3 tasi boshqa tilda; 2021 yildan hozirgi kunga qadar 741 ta buyruqning barchasi davlat tilida chiqarilgan.

Vazirlik tizimidagi idoralararo hujjatlarning almashinuvida ham ijobiy holat ko‘zga tashlanadi. 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda jami 373 ta yozishmadan 132 tasi davlat tilida, 241 tasi boshqa tilda; 2020 yil 1 yanvardan 2021 yil 1 yanvargacha 377 ta yozishmadan 361 tasi davlat tilida, 16 tasi boshqa tilda; 2021 yildan to shu kungacha 468 ta yozishmadan 464 tasi davlat tilida, 4 tasi boshqa tilda chiqarilgan.

Qonunning 20-moddasiga muvofiq vazirlik va uning tizimidagi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Sharqiy harbiy okrug va «G‘alaba bog‘i» majmuasi hududidagi peshlavhalar, yo‘naltiruvchi yozuvlar, shior va bannerlar davlat tili me’yor-qoidalariga mos ravishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘rnatilgan.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha joriy yilning to shu davriga qadar Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish instituti viloyat filiali tomonidan 472 nafar davlat tashkilotlari xodimlari va rahbarlari o‘qitilgan. Fuqaroligi yo‘q shaxslardan davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihonlar natijasiga ko‘ra 93 nafariga sertifikatlar berilgan. Qonunning 22-moddasiga ko‘ra, reklama tayyorlash va joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi 9 ta tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlaridan faoliyatini tashkil etishda davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tilxat olingan. Reklama, e’lonlarda ko‘p uchraydigan boshqa tildan kirib kelgan (36 ta) so‘zning o‘zbekcha muqobilidan foydalanish bo‘yicha tavsiya kiritilgan. Shuningdek, 1012 ta yaroqsiz, davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga zid bo‘lgan reklama, tashqi yozuv va boshqa axborot matnlari olib tashlangan. Farg‘ona viloyati va 19 ta tuman (shahar)lar hokimliklarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etilgan. Viloyat bo‘yicha mavjud 13222 ta geografik ob’ektlarning to‘liq xatlovi amalga oshirilib, ularning ro‘yxatlari shakllantirildi. 4 ta mahalla, 134 ta ko‘cha nomini o‘zgartirish bo‘yicha 19 ta tuman (shahar) kengashlarining qarorlari qabul qilingan. Qonun talablariga javob bermaydigan 134 ta ko‘cha nomi o‘zgartirilgan. Shuningdek, viloyatdagi 8905 ta ko‘cha nomlari to‘liq lotin alifbosiga o‘zgartirildi. 672 ta ko‘chalar ekspertizaga berilgan, Respublika komissiyasiga taqdim etilgan va 426 ta ko‘cha nomlari qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar olingan.

Ammo, o‘rganishlar hali ancha-muncha muammolar ham borligini ko‘rsatdi. Masalan, qonunning 9-moddasiga muvofiq, Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida rus tilida markazlashgan holda ishlab chiqilgan ro‘yxatga olish daftarlaridan foydalanilgan. «G‘alaba bog‘i» majmuasining moliya-buxgalteriyasidagi hujjatlar rus tilida olib borilgan. Qonunning 20-moddasiga muvofiq vazirlik tizimidagi tashkilotlarda hanuzgacha davlat tili qoidalariga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Xususan, harbiy okrug va harbiy qismlarda ayrim peshlavha, shior va bannerlar boshqa tillarda ifodalangan. Harbiy xizmatchilarda lotin alifbosida ish yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar to‘liq shakllanmagan. Xodimlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish kurslarida malaka oshirishga rejali tarzda yuborilmoqda, biroq, harbiy okrug va harbiy qismlarning o‘zida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinmagan. Shuningdek, «Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2021 yil 4 fevraldagi 52-son qarori ijrosi ham yetarli darajada ta’minlanmagan.

Farg‘ona viloyati misolida ham qator kamchiliklarni sanab o‘tish mumkin. Hujjatlar va idoralararo yozishmalar qonunchilikka zid ravishda hanuzgacha boshqa tillarda bayon qilinmoqda. Xususan, 2019-2020 yillarda So‘x tumani hokimligida idoralararo hujjatlarning 2 tasi, Furqat tumanida idoralararo yozishmalarning 4 tasi boshqa tillarda rasmiylashtirilgan. Quvasoy va Marg‘ilon shaharlarida maslahatchilar uchun qulay shart-sharoit yaratib berilmagan. Joriy yilning 18 sentyabr kuni holatiga ko‘ra Farg‘ona shahrida 34 ta, Qo‘qonda 21 ta tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi targ‘ibot vositalari – bekatlar, ustunlarga davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda (boshqa tillarda) reklama, peshlavha va e’lonlar joylashtirilgan. Marg‘ilon, Quvasoy, Quva, Farg‘ona tumanlarida davlat tiliga doir qonun hujjatlar mazmun-mohiyatining targ‘iboti bo‘yicha yetarlicha ishlar amalga oshirilmagan. Amaldagi rahbar kadrlarning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish jadvali to‘la shakllantirilmagan.

Ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirib o‘tilgan kamchilik, xato va nuqsonlar birgina Mudofaa vazirligi yoki Farg‘ona viloyati bilan bog‘liq emas. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamentining ushbu xulosalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, barcha vazirlik va idoralarda davlat tiliga yanada e’tiborliroq bo‘lib ish yuritishni taqozo etadi.

A.Narzulloyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlik tizimidagi ayrim tashkilotlarda davlat tili qoidalariga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda