Dunyoda kasblar ko‘p. Insonlar o‘zlarining qiziqishlariga qarab turli xil kasb-hunar tanlaydi. U shifokormi, jurnalist, quruvchi yoki boshqa soha vakili bo‘lmasin, qaysi lavozimda ishlamasin, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida ustozlarining o‘gitlari, olgan ta’limi va qutlug‘ dargoh hisoblanmish – maktabda olgan tahsilining o‘rni beqiyos. Odam necha yoshga kirmasin, ustozlarini xotirlar ekan, o‘zining mudom o‘quvchi ekanligini his etadi va bolalik xotiralari muhrlangan maktabini sog‘inib eslaydi. Ushbu maqola orqali jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan ikki vazir tahsil olgan maktablar va ularning birinchi o‘qituvchilari haqidagi xotiralari bilan tanishishingiz mumkin.

Nozim Husanov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri:

–Bolalik insonning eng beg‘ubor davri. Men 1982 yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 272 - maktabga birinchi sinfga borganman. Bugun oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsada, hali- hanuz tez-tez ilk ta’lim olgan dargohimga borib, ustozlarim bilan ko‘rishib turaman.

Ustoz deganda, albatta, hammaning ko‘z o‘ngida birinchi ustozi gavdalanadi. Inson hayotida ota-onasidan so‘ng turadigan eng yaqin kishisi bu – ustozi. Insonning yaxshi kasb tanlashida, har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishida ustozlarning o‘rni beqiyos. Ilk ustozim Huri opaning o‘gitlari hali- hanuz yodimda. Ilk bor qo‘llaringdan tutib, o‘qish-yozishni o‘rgatgan ustoz ona kabi insonning eng aziz kishisiga aylanib qoladi.  Bundan tashqari,  maktabda o‘qib yurgan vaqtlarimizda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchimiz juda ko‘p insho yozdirar edi. Insho yozish bolaning dunyoqarashini oshirib, o‘quvchi o‘z ustida ko‘proq izlanishiga harakat qiladi. Bu  faoliyatimda juda asqatmoqda.

Barchamiz bayram munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan  hurmatli ustozlarga sog‘lik-salomatlik, ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz. Sizlarning kasbingiz juda qiyin va murakkab, shu bilan bir qatorda sharafli. Barcha ustozlarimizni bayram bilan tabriklayman.

Ibrohim Abdurahmonov, innovatsion rivojlanish vaziri, akademik:

1982 yili Namangan viloyatining Chust tumani G‘ovasoy qishlog‘idagi 7-o‘rta maktab (hozirgi 59-maktab)da 1-sinfga chiqqanman. Maktabimiza uyimizdan 2-3 kilometr uzoqda  bo‘lgani bois, uydan g‘ira-shira payti chiqib ketishim, yana uzoq yurib qaytishlarim yodimda...

Birinchi o‘qituvchim Mavluda opa Boltayeva qo‘lida o‘qib, savod chiqarganman. Mavluda opa mehribon, o‘qituvchi edi, lekin kezi kelganda qattiqqo‘llik ham qilardi.  

Doimo yaxshi, a’lo baholarga o‘qiganman. Bir safar rasm darsida raketaning suratini yaxshi chizolmaganim sabab past baho olganman. Hamisha «besh»ga o‘qiganim bois, bu menga qattiq ta’sir qilgan, rosa jahlim chiqqandi. Shunda rasmlarni qunt bilan chizishga ahd qilganman va uddalaganman ham. Shu-shu chiroyli rasm chizaman. Bu ko‘nikmam keyinchalik biologiya fakultetiga kirganimda juda qo‘l kelgan.

Ustozimiz husnixatga alohida e’tibor berardi, mashqim ko‘nglidagidek bo‘lgandirki, «Hali akademik bo‘lasan» deb qo‘yardilar. Xatim chiroyli bo‘lgani uchun universitetda, harbiy kafedrada o‘qigan paytimiz turli hujjatlarni menga yozishga berishardi.

Ustozim bilan hozirgacha xabarlashib turamiz. Ularning talabchanligi, tanbehu maqtovlari bilan o‘qishga bo‘lgan qiziqishimizni oshirgani uchun hamisha u kishidan minnatdormiz.

Vazirlar aytganidek, ustozlar  – hayotimiz me’mori, qalblarga ziyo ulashuvchi mash’aladir. O‘qituvchi o‘z shogirdlariga nafaqat bilim beradi, balki yashash sirlari, hayot qoidalari va umr mazmunini anglashni o‘rgatadi. Shuning uchun ham ular doimo e’tiborda, e’zozda. Mamlakatimizdagi barcha fidokor ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz.

O‘zA muxbiri  Fayzullo Yahyoyev tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlarni tarbiyalagan maktablar