O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib, talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Dastlab vazir institutning yosh olimlari, talabalari erishgan yutuqlar, ixtiro, ilmiy ishlar, ilg‘or g‘oya va tashabbuslar aks etgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Shundan so‘ng Talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan “Dukchi Eshon” spektaklidan parcha namoyish etildi.   

Sog‘liqni saqlash vaziri yosh olim va talabalarning ilmiy faoliyati hamda yutuqlarini, ayniqsa, san’at yo‘nalishidagi iqtidorlarini alohida e’tirof etdi.   

Ta’kidlash joizki, qariyb 70 yillik tarixga ega Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy yo‘nalishdagi mamlakatimizning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida oliygohni 40 ming nafardan ziyod talaba tamomlab, bugungi kunda ular yurtimizdagi tibbiy muassasalarda samarali faoliyat olib bormoqda.  

Ayni paytda institutda 11,3 ming nafar yigit-qiz bakalavriat, 297 nafari magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Shuningdek, 665 nafar yosh mutaxassis ordinaturada, 1 nafari doktoranturada, 21 nafari esa tayanch doktoranturada sohaga doir bilimlarini mustahkamlash barobarida, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. 304 nafar iqtidorli yoshlar esa mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.   

Tashrif doirasida vazir institutning o‘quv-simulyatsion markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazda talabalarning tibbiy mulyajlardan foydalangan holda o‘tayotgan mashg‘ulotlarida qatnashib, jarayonlar, ularni yanada samarali tashkil etish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, institutning Axborot resurs markazidagi tibbiyotga oid adabiyotlar bilan tanishdi, ularni yanada boyitish yuzasidan takliflar bildirdi.   

Shundan so‘ng “Vazir va yoshlar” uchrashuvi doirasida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida institut faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.   

 Muloqotda vazir Asilbek Xudayarov tibbiyot sohasining qanchalik mashaqqatli va sharafli ekanligi, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun qunt bilan o‘qish, yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirish, olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.   

[gallery-20844]

–  Andijon tibbiyot instituti talabalarida sohani mukammal o‘zlashtirishga o‘zgacha shijoat bor, – deydi vazir. Chunki mamlakatimiz tibbiyotining ko‘plab sohalarida aynan andijonlik mutaxassislar yetakchi o‘rinlarda turadi. Ishonamanki, bugungi talabalar ham bilimlarini yanada boyitib, kelgusida yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishadi, yurtimiz tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shadi.   

Ochiq, qiziqarli tarzda o‘tgan muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Sog‘liqni saqlash vaziridan batafsil javob oldi.   

Muloqot yakunida institutning bir guruh iqtidorli, faol talabalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining faxriy yorlig‘i hamda bazaviy stipendiyaning to‘rt barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.   

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi