Jinoyatchilikning oldini olish va bu borada belgilangan vazifalar va tizim xodimlarining mazkur yo‘nalishda olib borayotgan ishlarini nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Zufar Qurbonov Jizzax viloyatida bo‘ldi.

U dastlab viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimi, boshqarma qoshidagi tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmasi hamda tarix muzeyini ham ko‘zdan kechirdi.  

Hozir “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimiga qilingan har qanday qo‘ng‘iroq hududiy ichki ishlar bo‘limlari navbatchilik qismlari tomonidan emas, balki viloyat IIBdagi mazkur tizim orqali qabul qilinadi. Zamonaviy aloqa va axborot qurilmalari bilan ta’minlangan tizimda har bir murojaat ro‘yxatga olinib, tegishliligi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga yetkaziladi. Bu tezkor tergov guruhining voqea joyiga qisqa muddatda yetib borishi, jinoyatlarni fosh qilish yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarlikning oldini olish imkonini beradi.  

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining viloyatda jinoyat va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, odamlarning munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi o‘rganishlari davom etmoqda.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir o‘rinbosari IIB faoliyati bilan tanishdi