Vazir o‘rinbosari bog‘chalar faoliyatini o‘rgandi
Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Buxoro viloyati Olot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tarbiyachi va mas’ullarga bolajonlarning to‘g‘ri ovqatlanishi, ularning xavfsiz qatnashini tashkil etish, saboqlar va mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, jismonan hamda ruhan chiniqtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, Olot tumanida 79 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud. Shundan 29 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maqomiga ega. Ikkita davlat xususiy-sherikchiligi hamda 48 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yuzlab bolajonlar tarbiyalanmoqda. Bugunga kelib tumanda 3-7 yoshli bolalarning 5 ming 550 nafari yoki 70 foizi bog‘chalarga qamrab olingan.


Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.