Farg‘onada maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024 yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari boshlandi.Unda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 363 nafar o‘qituvchi test sinovlarini topshirdi.

Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatini rag‘batlantirish hamda o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga va xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashga muhim e’tibor qaratilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasining tashkil etilgani bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. O‘tgan o‘quv yilida 156 nafar farg‘onalik o‘qituvchi saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, ustama olishga erishdi. 

2024 yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni Respublika bo‘yicha 1 ming 250 nafar etib belgilandi (1 ming 150 ta kvota umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan). Bu kvota “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlandi. 

[gallery-16057]

Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi. 

Farg‘ona shahridagi 40-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida test jarayonlari shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Buning uchun da’vogarlarga barcha sharoit yaratildi. 

–O‘qituvchining zimmasida bugungi kunda katta mas’uliyat bor, -deydi Oltiariq tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi Kozimjon Rahimov. –U izlanmasa, yangilikka intilmasa, sifatli ta’limni bera olmaydi. Shu bilan birga ularning mehnatini rag‘batlantirish ham e’tiborda. Aynan vazir jamg‘armasining oylik ustamasi ham ilg‘or pedagoglar uchun katta imkoniyatdir. Men ham shu saralashda ishtirok etmoqdaman. 

M.Sulaymonov, M.Qodirov(surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir jamg‘armasi ustamasiga da’vogarlar test topshirdi