Maʼlumki, kartoshka inson organizmi uchun muhim boʻlgan oqsil, kraxmal, vitaminlar hamda mineral tuzlar va turli elementlar manbai hisoblanadi.

M u n o s a b a t 

Mamlakatimiz aholisiga sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, kartoshkani yetarli miqdorda yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Maʼlumki, kartoshka inson organizmi uchun muhim boʻlgan oqsil, kraxmal, vitaminlar hamda mineral tuzlar va turli elementlar manbai hisoblanadi. Kartoshka tuganagi tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi 26 ta element borligi aniqlangan. Ayni paytda dunyoning 160 dan ortiq davlati, jumladan, Xitoy, Rossiya, Hindiston, AQSH, Germaniya, Fransiya, Polsha, Gollandiya va Belarusda kartoshka katta maydonlarda yetishtiriladi.

Prezidentimizning 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Unga koʻra, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga bir qator vazifalar belgilandi. Jumladan, isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishning ilmiy nazariy asoslarini takomillashtirish, kartoshka urugʻliklarini tayyorlash va ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Isteʼmol va urugʻlik kartoshkaning yangi hamda serhosil navlari kolleksiyasini yaratish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish belgilangan.

Endilikda mamlakatimizning ixtisoslashgan togʻoldi tumanlarda kartoshka yetishtirish koʻzda tutilmoqda. Isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishda ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash, kartoshka plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish vazifalari yuklatilmoqda.

Institutimizga yuqoridagi vazifalarni xususiy tashabbuskorlar ishtirokida amalga oshirish huquqi berildi. “in vitro” laboratoriyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi. Buning uchun davlatimiz tomonidan grant mablagʻlari jalb qilinadi. Ushbu laboratoriyaning ahamiyati, mahalliy yoki xorijdan keltirilgan kartoshka navlarining virusdan holi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishga erishishdir.

Dehqonlarimiz dalalarga kartoshka tuganaklari hosil boʻlgan urugʻlarni ekadi. Ular har yili ekilishi tufayli turli kasallik va viruslar bilan zararlanadi, natijida hosildorligi 15-20 foizgacha kamayadi. Shu sababli olimlarimiz “in vitro” laboratoriyasida hosildor kartoshka navlarining toʻqimalaridan yangi kasallikka chidamli, mahalliy sharoitga mos urugʻlarni yaratadi. Kelgusida bu borada olib boradigan saʼy-harakatlarimiz tufayli serhosil kartoshka navlari yaratish, dehqonlarni sifatli urugʻlik bilan taʼminlashga erishamiz.

Amalga oshirilayotgan bunday keng koʻlamli ishlar aholini sifatli kartoshka bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyatini oshirish barobarida bu mahsulotning moʻl-koʻl va arzon boʻlishiga xizmat qiladi.

Rustam NIZOMOV,
Sabzavot, poliz ekinlari va
kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori,
Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazifamiz kartoshkaning hosildor navlarini yaratishdir