Vatanparvarlik – ulug‘ fazilat (+video)
Har bir inson uchun tug‘ilib o‘sgan yurti hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo‘lish, undagi bor narsalarni ardoqlab yashash – insoniy burchimiz.
Yoshlarda o‘z vatanini sevish, unga sadoqat ko‘rsatish tuyg‘usini shakllantirish esa biz kattalarning tarbiyamizga bog‘liq. Chunki, mamlakatimiz kelajagini belgilashda shijoatli, qat’iy, maqsadni aniq qo‘yib, shu asosda harakat qilayotgan yoshlarning o‘rni katta.
Shu bois o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ular o‘rtasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Nurafshon shahrida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 200 nafardan ortiq yoshlar, faxriylar va ustoz murabbiylar qatnashdi. Ular Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridagi mavjud texnika vositalarining ko‘rgazmasini tomosha qilib, ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar uchun sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.
Sportning voleybol, shaxmat-shashka, tosh ko‘tarish va arqon tortish turlari bo‘yicha jamoalar o‘rtasida musobaqalar tashkil etilib, g‘olib bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilarning sovg‘alari taqdim etildi.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/rLVFY9oRe7o" title="Vatanparvarlik – ulugʻ fazilat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Bundan tashqari, Nurafshon shahrida joylashgan Prezident maktabida ham madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar tomonidan harbiy-vatanparlik ruhida sahnalashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar, kinologlar tomonidan xizmat itlari bilan vazifalarni bajarish jarayoni namoyish etildi.
N.Rahmonova, O‘zA