FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi tadbirlari Namangan viloyati bo‘ylab ham keng nishonlanmoqda.
Shahardagi “Uch favvora” xiyobonida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
[gallery-14660]
Namangan shahri va tumanlar markaziy ko‘chalarida “Istiqlol mash’ali, tinchlik posbonisan, Vatan bayrog‘i!” shiori ostida Milliy gvardiyaning harbiy otliqlar otryadi, velosportchilar hamda avto, motohavaskorlar jamoalari “Vatanparvar avtokarvoni”nida bayrog‘imizni baland tutgan holda O‘zbekiston davlat bayrog‘i tantanali marshini namoyish etdi.
Tadbir doirasida milliy kurash musobaqalari, arqon tortish milliy xalq o‘yinlari, milliy folklor chiqishlari, she’rxonlik va g‘azalxonlik tadbirlari o‘tkazildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA