O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir, uyushma a’zosi “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri Axtamquli (Karimov Axtamqul) tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri  Sirojiddin Sayyid, filologiya fanlari doktori, professorlar Nurboy Jabborov, Uzoq Jo‘raqulov, Bahodir Karim, sariosiyolik mehmon ijodkor Axtam Safarov va boshqalar mamlakatimizda har bir ijodkor, milliy adabiyotimizning har bir vakili doimiy e’tibor va e’zozda ekani, bu esa qalam ahliga yanada katta mas’uliyat bilan ijod qilishga undayotganini ta’kidladi.  

Tadbirda shoir she’riyatining ahamiyati hamda ijodiy faoliyatiga e’tibor qaratildi.  

Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Axtamquli 1964 yilning 20 martida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Shotiro‘d qishlog‘ida tavallud topgan. Qishloq xo‘jalik sohasining agronomlik yo‘nalishida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.  

Bolalikdan adabiyotga bo‘lgan qiziqish uni ijod olami sari undadi.  Hayot maktabini o‘tagan Axtamquli 2005-2007 yillarda Milliy universitetda ko‘plab ustozlardan saboq olib, aruz vaznida yozilgan g‘azallari bilan el olqishini oldi.  

2008 yilda O‘zbekiston Qahramoni, xalq  shoiri Abdulla Oripovning nazariga tushib, Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Shoirning nazmiy va nasriy asarlari adabiyotimizning zabardast olimlari tomonidan e’tirof etildi. Adabiyotshunos olimlar Yoqubjon Ishoqov, Abdug‘afur Rasulov, Bahodir Karim, Uzoq Jo‘raqulov, Yusufjon Hamdamov, Bolta Yoriyev o‘zlarining respublika nashrlarida chop etilgan maqolalarida shoir ijodiga yuksak baho berganlar.  

Axtamquli “Bodomginam” (2003), “Qorachiqda asraganimsan” (2005), “Bahorimdan kechikkan gul” (2007), “Qirq g‘azal” (2009), “Boshimda osmon aylanar” (2014), “Qarog‘imda gullaydi Vatan” (2016), “Co‘z chamani” (2020), “Ismingni yurakka yashirdim” (2021) nomli she’riy hamda “Ibratli hayot” (2005), “Baxt izlagan odam” (2007), “Yakkabog‘da ulg‘aygan chinor” (2013) nomli biografik qissalari va “Tog‘lar ham qariydi” (2012), “Lolazorim Shotiro‘d” (2020) nomli hikoyalar to‘plami muallifidir.  

 Uning asarlarida Vatan ishqi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan zaminga mehr-muhabbat juda betakror tarzda o‘z ifodasini topgan.    

Navoiyshunos olim Yoqubjon Ishoqov o‘zining “So‘z san’ati so‘zligi” nomli kitobida: “Zamonaviy g‘azalnavislikning yangi bosqichi Erkin Vohidov, Jamol Kamol, Axtamquli singari shoirlar ijodiyoti bilan bog‘liq...” deb yozadi. Shoirning she’rlari go‘zal qo‘shiqlar singari barchamizga manzur bo‘lgani e’tiborga molikdir.  

Ayniqsa, xonanda Malika Egamberdiyeva shoirning “Shukur qil” she’ri bilan ko‘plab qalblarga kirib bordi. O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozovning  “Ona”,  Musaxon Nurmatovning “Vatan”,  Zokirjon Olimovning “Har kimni o‘z dunyosi bor”, Alisher Fayzning “Yurtim gulu gulzori” kabi yuzlab qo‘shiqlari elning dilidan joy olgan.  

Axtamquli bugungi adabiy jarayonda eng faol ijodkorlardan biridir. U davralarda o‘zining guldiragan g‘azallari bilan elning tengsiz olqishini olmoqda.  

–  Axtamquli adabiy jarayonga nisbatan kech aralashdi, – deydi  Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim. – Ammo shoirlik talanti, so‘zlarning tarovati, go‘yo tog‘ daralari oralab kelayotgan gumbirlagan ovozi, eng muhimi – tinimsiz izlanishlari bilan adabiy jamoatchilik orasida tezda shuhrat qozondi.  

Axtamquli she’rlari turk va tojik tillariga tarjima qilingan. Uning yuzlab shogirdlari bugun elning e’tirofidadir. Zero, shoirning asosiy maqsadi yoshlarni Vatanning bebaho tuprog‘ini qaldirg‘och kabi ko‘z-ko‘z etib, sevishga undashdir.  

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanni jo‘shib kuylovchi shoir Axtamquli 60 yoshda!