Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bir guruh faxriylari ishtirokida “Vatanni himoya qilish – muqaddas burch” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.  

Uchrashuvda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.  

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetishimiz, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashimiz lozim.  

Shu maqsadda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerak. Yosh avlodni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda nuroniylarimizga tayanamiz.  

Prezidentimizning 2022 yil 14 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida yurtimiz bo‘ylab “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.    

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Faxriylar kengashi faollari bilan Milliy markazda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.  

Davra suhbati yakunida mehmonlarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.  

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanni himoya qilish – muqaddas burch