Germaniyaning Leverkuzen shahrida “Sharqona” vatandosh jamiyati va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini olib borayotgan, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan va tahsil olayotgan hamyurtlarimiz va mezbon mamlakat vakillari ishtirok etdi.  

Tadbir doirasida elchixona vakillari 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida keng ma’lumot taqdim etib, Berlindagi diplomatik vakolatxona binosida tashkil etilayotgan saylov uchastkasiga vatandoshlarimizning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, ya’ni ovoz berishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tartibotlar xususida so‘z yuritib, barchani yangi tartibdagi parlament sayloviga faol qatnashishga chorladi.  

– Bugun Leverkuzen shahrida Vatanimizning mustaqillik bayrami munosabati bilan mamlakatimizning elchixonasi bilan birgalikda tashkil etilgan bayram tadbirida hamkor sifatida ishtirok etayotganmizdan juda baxtiyorman. Tadbir juda yuqori saviyada qiziqarli o‘tdi. O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan  taomlar, shirinliklar va pishiriqlar dasturxonga tortildi. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi va xorijdagi barcha hamyurtlarimizni ulug‘ bayramimiz – mustaqillik kuni bilan jamiyatimiz va o‘zim nomimdan chin yurakdan tabriklayman, – dedi “Sharqona” jamiyati raisi Shaxlo Xalilova:  

Ulug‘ bayramimiz munosabati bilan tashkil etilgan tadbir milliy urf-odatlarimiz ifodalangan bayramona dastur bilan boyitildi. Milliy taomlarimiz, xususan, palov tayyorlash bo‘yicha havaskor oshpazlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Yurtimizning turli viloyatlariga xos palovlar tayyorlanib, mehmonlarga taqdim etildi. An’anaviy milliy o‘yinlar o‘tkazilib, g‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

– O‘zbekistonning mustaqillik kunini o‘zbek do‘stlarimiz bilan birga nishonlayotganimizdan juda xursandmiz, – dedi germaniyalik Urs Kindler. – Turli xil bir-biridan mazali o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rdik, o‘zbek madaniyati, urf-odatlari bilan yaqindan tanishdik, yangi do‘stlar orttirdik. Do‘stlik va samimiylik bilan yo‘g‘irilgan bunday bayramona muhit bizni juda quvontirdi. Samimiy do‘stlik va taklif uchun o‘zbek do‘stlarimizga minnatdorlik bildiramiz.  

Shuningdek, joriy yilning aprel oyida mamlakatmizning elchixonasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini g‘olibi – Kyolnning “Vestfaliya” jamoasi a’zolariga “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan yetkazilgan qo‘shimcha sovg‘alar - noutbuklar tantanali ravishda topshirildi.  

N. Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanimizning mustaqillik bayrami Germaniyada tantanali nishonlandi