Shu kunlarda eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi nafaqat yurtimiz bo‘ylab, balki dunyoning turli nuqtalarida ham katta tantana bilan nishonlanmoqda.

Ana shunday bayram tadbirlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi hamkorligida Leningrad viloyati Kingisepp tumanidagi korxonalarda mehnat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz uchun tashkil etildi. 

Leningrad viloyatiga Sankt-Peterburg orqali yo‘l olar ekanmiz, bizni Neva daryosidan salqin shamol va shaharning qalin tuman ortida bo‘y ko‘rsatgan hashamatli saroy va muzeylari, tungi chiroqlar tarovati qarshi oldi. Bu kentga ko‘priklar shahri, deb bejizga ta’rif berilmas ekan. Bugun ana shu ko‘priklar nainki shaharlar va qirg‘oqlar, balki yuzlab kilometrlar bilan ajralgan qalblarni ham birlashtirdi...

Inson qayerda bo‘lmasin, uning qalbi doim ona zamin, tanish ko‘chalaru qadrdon insonlar tomon talpinadi. Musofirlik qiyinchiliklari va mashaqqatini, Vatanni qumsash tuyg‘usini o‘z yurtidan oz bo‘lsa-da uzoqda yashagan insongina to‘laqonli his etadi. Ota-onasi, farzandini yillab ko‘rmagan, ona yurtning muqaddas tuprog‘ini, quyosh taftini sog‘ingan kishining ichidan nimalar kechishi faqat uning o‘ziga ma’lum.

Ana shunday paytlarda yurtdoshlarimiz ma’naviy dalda, davlatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligiga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj. Shu bois, bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida xorijda yashab mehnat qilayotgan hamyurtlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Leningrad viloyatida o‘tkazilgan bayram tadbiri ham ana shu e’tiborning yorqin amaliy ifodasi bo‘ldi.

– Bugun butun yurtimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezmoqda. Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga ham bayram kayfiyatini ulashish maqsadida agentligimiz va diplomatik vakolatxonalar ko‘magida Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va Turkiya kabi davlatlarda ham mustaqilligimizga bag‘ishlangan shodiyonalar yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bayram tadbirlaridagi o‘zgacha ruh, vatandoshlarimizning quvonchini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Ana shunday savobli ishga o‘z hissamizni qo‘shishdan baxtiyormiz, – deydi Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Elyor Toshtemirov. 

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tantanasi futbol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalardan boshlandi. Shiddat bilan kechgan bahslar yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi birdamlik, xamjihatlik, do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

– Rossiyada ikki yildan beri ishlayman, – deydi namanganlik Eldorbek Ergashev. – Musobaqada har bir jamoa munosib ishtirok etib, puxta tayyorgarlik va yuksak mahoratni namoyish etdi. O‘zbekistondan, oilamizdan olisda bo‘lsak ham o‘zimizni yolg‘izdek tuymaymiz. Davlatimiz mehri va g‘amxo‘rligini doim his etib turamiz. Kuni kecha Prezidentimizning Mustaqillik bayramidagi nutqini eshitib behad ruhlandik, yangi kuch-g‘ayrat oldik. Bugungi bayram tadbiri asnosida jonajon Vatanimga bir zumga bo‘lsa ham qaytgandek bo‘ldim. Buning uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. 

Shundan so‘ng fayzli dasturxon yozilib, yig‘ilganlarga osh tortildi. Yurtimizdan kelgan, elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Vatanga muhabbat, tinchlik, mustaqillik, farovonlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

– Bu yerda ishlayotganimga ikki yildan oshdi. Biz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, Migratsiya agentligi vakillari doim holimizdan xabar olib turishadi. Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini butun dunyo baralla aytmoqda. Ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni olisdan turib ko‘rib, bizning ham qalblarimiz quvonch va faxrga to‘lmoqda. Bizga shunchalik e’tibor qilib, ana shunday ajoyib bayram tadbirini tashkil etishda bosh bo‘lgan barcha insonlarga mingdan-ming rahmat, – deydi Xorazm viloyatidan kelgan Jo‘rabek Yusupov. 

Tadbir yakunida musobaqalar g‘olib va sovrindorlariga medal va kuboklar, shuningdek, bayram tantanasini tashkil etishda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi. 

Javlon Azizov, 

Rossiya, Leningrad viloyati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanimiz Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi Rossiyada ham keng nishonlanmoqda