Vatanga xizmat – oliy sharaf
Toshkent tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida “Vatanga qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda DXX chegara qo‘shinlari rahbariyati, faxriylar, Toshkent tumani hokimligi mas’ullari, muddatli harbiy xizmatga kelgan askarlar, ularning oila a’zolari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar o‘z tabrigini aytib, samimiy tilaklarini bildirdi. Saf maydonida qad rostlab turgan yigitlar yuzida ishonch, ko‘zlaridan esa O‘zbekistonning ishonchli va yengilmas o‘g‘lonlari ekanini bilish mumkin. Bunday tantanavor shodiyona Vatan himoyasiga otlangan har bir o‘g‘lon hayotida esda qolishi faxr bilan ta’kidlandi.
[gallery-28850]
Tadbirda so‘zga chiqqan faollar harbiy qasamyodning mohiyati, o‘z xalqiga sodiqlikning yuksak mas’uliyati haqida so‘zladi. Qasamyodning hayajonli lahzalaridan biri askar ota-onalarining samimiy dil so‘zlari bo‘ldi. Faxriylar, ota-onalar yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘lagan o‘g‘lonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi. Xususan, ular yigitlardagi o‘zgarishlar, shijoat va harbiy intizomini ko‘rib xursand bo‘ldi.
Shundan so‘ng joriy yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi. Asosiy tadbirdan so‘ng harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, konsert dasturlari namoyish etildi.
A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA muxbirlari