Kino insonning ma’naviy tarbiyasi, dunyoqarashi shakllanishida muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon“ degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishda ushbu san’atning o‘rni beqiyos.

Darhaqiqat, bugun milliy armiyamizdagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Aniqroq qilib aytganda, armiyamiz xalqimizning azaliy qadriyatlari va xislatlarini o‘zida mujassam etib, sadoqat va vatanparvarlik maktabiga aylanmoqda.

Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning harbiy vatanparvarlik mavzusida yangi asarlar yaratish va xalqimizga namoyish etish borasidagi vazifalaridan kelib chiqib, ko‘plab ijodiy ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, Qurolli Kuchlar tashkil topganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan yurtimiz oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati haqida “Yangi O‘zbekiston lochinlari“, “Ulug‘vor qalb bilan qutlug‘ saflarga“ va “Zamonaviy harbiy institut“ nomli hujjatli filmlar suratga olindi.

Shuningdek, “O‘zbektelefilm“ davlat muassasasi tomonidan “Temurbeklar maktabi“ harbiy akademik litseyi faoliyatiga bag‘ishlangan “Bobomning qilichi“ nomli milliy serial yaratildi. Albatta bu kabi filmlar tomoshabinlar, ayniqsa, yoshlarda yurtga muhabbat ruhini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda esa bunday ezgu maqsadlar bardavom bo‘lmoqda.

Yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixorni keng shakllantirish yo‘lida Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda suratga olingan va premerasi bo‘lib o‘tgan “Garov” filmini ham shular jumlasiga kiritish mumkin. Bugun bu kabi filmlarni suratga olishda kinosan’ati rivoji yo‘lida berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish har galgidanda muhimdir.

Film g‘oyasiga ko‘ra, yurtga qalqon bo‘lishga shaylanmoq faqat harbiylarning zimmasida emas, shu yurtning non-suvini totgan va shu zaminga bog‘langan har qanday kishining mas’uliyatida bo‘lishi namoyish etilgan. Xalqqa ehtirom va tinchlikka shukronalik maktabda o‘qiyotgan yosh avlodda yuzaga kelishi tasvirlangan. 

Mazkur film yaratilishi haqida unda ishtirok etgan ijodkorlarning fikrlariga qiziqdik. Haqiqiy bahoni esa, albatta, tomoshabinning o‘zi beraveradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uNPXKeehsaU" title="Vatanga muhabbat va sadoqat gʻoyasini targʻib etishda kino sanʼatining oʻrni beqiyos" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyasini targ‘ib etishda kino san’atining o‘rni beqiyos (+video) 