Qonun loyihasiga sharh

Ma’lumki, bugungi kunda o‘n minglab, yuz minglab vatandoshlarimiz turli xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilib, o‘qish yoki ish faoliyati bilan mashg‘ul. Mamlakatimizda barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar barobarida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoyalashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.  

Endilikda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan normalar bilan bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar izchil davom ettiriladi. Mazkur qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Tilavoldiyev quyidagilarni qayd etdi:

— Mamlakatimizda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning yurtimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, huquq va manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018 yilda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi” qabul qilindi. 2021 yilda “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi. Prezidentimizning 2024 yil 20 noyabrdagi tegishli qarori bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartalari joriy qilindi.

Mazkur qonun loyihasi ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadi ko‘zda tutilgan. Loyiha bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasiga “Vatandosh” kartasi egalari va ularning oila a’zolari uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, “Vatandosh” kartasi egalari turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda, ularning oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik qilib uzaytirganda, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda va ro‘yxatga olingan muddatini uzaytirganda davlat bojidan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.  

Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga O‘zbekiston hududida professional, shu jumladan, tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun qulay huquqiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatandosh” kartasi egalari ayrim xizmatlarda davlat bojidan ozod etilmoqda