Shu kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi harbiy xizmatchilari va Orkestr jamoasi tomonidan Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” sayilgohi, Yangihayot tumani “Chinor” va “Qipchoq” metro bekatlari hamda poytaxtimizning turli istirohat bog‘lari va ko‘ngilochar maskanlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar xalqimiz qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda birlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va milliy ohanglar esa tomoshabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!