Yurtimizda eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik kuni tobora yaqinlashib kelmoqda. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” ezgu g‘oyasi asosida O‘zbekiston bo‘ylab bu qutlug‘ sana munosabati bilan ko‘plab bayram tadbirlari, ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Har bir hududda, har bir mahallada yurtimiz mustaqilligini ulug‘lash, xalqimizga beg‘araz xizmat qilayotgan fidoyi insonlarni qadrlash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar boshlab yuborilgan.

Shu jumladan, Buxoroda ham qator bayram tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday  tadbirlardan biri “To‘qimachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Narshaxiy” istirohat bog‘ida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Buxoro shahar madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda mahalliy san’atkorlar, taniqli xonandalar, hamda yosh iqtidor egalari ishtirok etdi. Tadbir davomida ijro etilgan yurt madhiyasi, istiqlol, tinchlik va Vatanga muhabbat ruhidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

– Ushbu bayram tadbiri xalqimizga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning amaldagi ifodasi. Shubhasiz, bunday bayramlar el-yurt ravnaqi, ma’naviy yuksalish va avlodlar davomi bo‘lgan yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi mahalla faoli Nurbek Isldomov.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”