Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.  

Insoniyat uchun cheksiz azob-uqubatlar keltirgan Ikkinchi jahon urushida 152 mingdan ortiq samarqandliklar ishtirok etgan. Ularning 73 ming nafari ona yurtiga qaytmagan. Xotira maydonidagi lavhalarda bu fidoyi insonlar nomi qayd etilgan.

[gallery-23242]

– Ikkinchi jahon urushida vafot etgan, bedarak yo‘qolgan insonlar nomi bitilgan Xotira kitoblarining yaratilishi va ularda minglab yurtdoshlarimiz haqida ma’lumotlar berilishi xalqimizning o‘z qahramonlari, mard va jasur farzandlari xotirasiga ehtiromi ramzi hisoblanadi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Shuhrat Negmatov. – Keyingi yillarda bu kitob yana to‘ldirildi, yangi jildlari chop etildi. Jumladan, viloyatimizdan ham avvalgi kitoblarda nomi qayd etilmagan yuzdan ortiq urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlar kiritildi. Bu boradagi izlanishlar hamon davom etmoqda va bu mash’um urushda vafot etgan hech bir inson nomi qalbimizdan ham, kitoblardan ham o‘chmaydi.

Marosim qatnashchilari yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishta hayoti uchun jonini fido qilgan insonlarni xotirlab, ularning jasoratini yodga oldilar.  

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘shinlari paradi va ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.  

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan uchun jon fido qilganlar yod etildi