Vatan uchun jon fido qilganlar
2000-yil avgust oyining dastlabki kunlari.
2000-yil avgust oyining dastlabki kunlari. Mamlakatimizning janubiy sarhadi – Surxondaryo viloyatining togʻli hududlarida bir guruh terrorchi jangarilar yurtimizga suqilib kirmoqchi boʻladi. Milliy armiyamiz posbonlari chegaralarimizning mustahkam qalqoni boʻlib, dushmanga qarshi turdi. Xalqimiz qalbida uygʻongan xavotirni bartaraf etdi.
Yurtimizning bunday asl oʻgʻonlari orasida bulungʻurlik Maʼrufjon Rajabov ham bor edi. Endigina 23 yoshni qarshi olgan bu shijoatli, mard va dovyurak yigit Mudofaa vazirligining maxsus kuchlar batalyonida shartnoma asosida xizmat qilar edi. U jangovor harakatlarda yuksak vatanparvarlik va jasorat namunasini koʻrsatib, dushmanga qarshi marodonavar kurashdi. Ammo jangda yaralanib, qahramonlarcha halok boʻldi.
Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari sobiq safdoshlarini yod etib, u yashagan xonadonga bordilar. M.Rajabovning oila aʼzolaridan hol soʻrab, sovgʻa-salomlar topshirishdi. Maʼrufjonning bolalagi, harbiy xizmatdagi davri va u koʻrsatgan jasorat yodga olindi.
Harbiy qism vakillari Bulungʻur tumanidagi 18-maktab hovlisida M.Rajabov xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik poyiga gullar qoʻydilar. Tadbirda mahalla ahli, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ham ishtirok etib, qishloqdoshlari bilan faxrlanishlarini bildirdilar.
Maʼrufjon Rajabov vafotidan keyin, 2000-yilda 25-avgustda Prezident farmoniga koʻra, “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.