O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Valeriy Kuznetsovning "Ona yurt jamoli" nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 60 dan ortiq rangtasvir ishlari namoyish etildi. 

Tadbirda qayd etilganidek, Valeriy Kuznetsov o‘z asarlarida me’moriy yodgorliklar va landshaft janrini tasvirlashda klassitsizm va impressionizm an’analarini hamda o‘z tasavvurini aks ettiruvchi abstraksiyalarni qo‘llaydi. 

Uning ijodi O‘zbekiston etnografiyasining tashqi ko‘rinishi va tarixiy xususiyatlarini idrok etish dinamikasi bilan ajralib turadi. Aynan shu paytdagi manzarani yodda qoldirish va uni tasvirlash hamda tomoshabin ilg‘ab ulgurmagan go‘zallikni yetkazish - rassom oldiga qo‘ygan eng muhim maqsad. 

Ko‘rgazma joriy yilning 3 fevraligacha davom etadi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan manzaralari rangtasvirlarda aks etganda 