Mutolaa

Buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy estetik olami – bebaho va tuganmas xazina. Bu xazinadan bahramand bo‘lgan shoiru adib ijodi, shubhasiz, boyiydi va ravnaq topadi. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid she’riyati takomiliga hazrat Navoiy ijodiy tajribalarining ta’siri bilan bog‘liq izlanishlar ham ushbu fikrni tasdiqlaydi.

Shoir she’rlaridan birini «Navoiyni o‘qish» deb nomlagan. Uningcha: «Har bir kalla, har bir bosh jaholatdan qo‘rqishi kerak. Har bir bola, har bir yosh Navoiyni o‘qishi kerak». Navoiydek ulug‘larni o‘qimaslik, anglamaslik jaholatga olib kelishidan ogoh qilishni burch deb bilgan shoir fikricha: 

Har bir ota, har bir mo‘ysafid 

Umr hikmatlarin ko‘rsatib, 

Nafs arqonlarin qirqishi kerak, 

Farzandlari, nabirasiga 

Navoiyni o‘qishi kerak.

Sirojiddin Sayyid hazrat Navoiyning buyukligini tafakkur ila teran anglagan va qalban chuqur his etgan ijodkor. Umr hikmatlarini anglash, nafs arqonlarini qirqish uchun har bir ota, har bir mo‘ysafid farzandlariyu nabiralariga Navoiyni o‘qishi, buyuk shoir o‘gitlarini ularning qalbu shuuriga singdirishi zarur. Shoir fikricha, buyuk bobokalonimizning munavvar ismi tiyra dunyoga ziyo sochadi. U tug‘ilgan kunda har ko‘ngil ishq ichra poklanadi, ulus millatga aylanadi: 

Har ko‘ngil ishq ichra pok

tiynat bo‘lar kundir bu kun,

Bitta so‘z olam aro

ziynat bo‘lar kundir bu kun.

Tiyra dunyoga ziyo

sochgay munavvar bir ism,

Bir ismdan bir ulus

millat bo‘lar kundir bu kun.

She’rda misralarni sindirib ifodalash – poetik usul. Bu orqali shoir asosiy fikrga urg‘u berish va so‘zning ta’sir kuchini oshirishga erishgan. 

“Mir Alisher” she’rida shoir hazrat Navoiyni – tiriklikning bongi, buyuklikning rangi, deya vasf etadi. Ijodkor misralar tagmatniga teran mazmun yuklaydi. Hazrat Navoiyning turkiy til va adabiyot rivojidagi xizmatlarini: “Bir yorishdi zim-ziyo olam, Turkiylarning tongi Navoiy. Besh asrlik ro‘yodir dunyo, Besh asrlik o‘ngi Navoiy”, deya o‘ziga xos talqin etadi. Uningcha, Navoiy shunday bir ummonki, uning ibtidosi ham, so‘nggi ham yo‘q. Zamonlar o‘taveradi, lekin Navoiy har doim yangi. She’rning finalida katta badiiy umumlashmaga kelingan: Vatan kabi poyoni yo‘qdir, Vatan kabi mangu Navoiy.

Sirojiddin Sayyid uchun Alisher Navoiy ijodi – yuksak adabiy-estetik mezon. Shoir barcha davrlar she’riyatiga ana shu oliy mezondan kelib chiqib baho beradi. Mana bu to‘rtlikda garchi o‘z nomidan so‘zlagandek tuyulsa ham, zamondosh shoirlar ijodi buyuk Navoiy navosi oldida katta qimmatga ega emasligi bilan bog‘liq kechinmalarini ohorli ifodalagan:

Hazrat Navoiydan navolar kelgay,

Abadiy barhayot sadolar kelgay.

Ul zot bunyod etgan ma’ni qasriga

Biz yanglig‘ so‘zga zor gadolar kelgay.

Shoir buyuk salafi ijodiy merosi nafaqat milliy adabiyot, balki jahon badiy-estetik tafakkurining nodir namunalari ekanini har bir she’rida o‘zgacha ruh, bir-birini takrorlamaydigan ohorli obrazlar orqali ifoda etadi. Jumladan, yana bir she’rida karvon va sarbon obrazlari vositasida mana bunday to‘xtamga keladi: 

Asrlardin yuzib kelur nazm karvoni, lek

Mir Alisher Navoiydek sarbon bo‘lolmagay.

“Mangu nomlar” she’rida ham shunga monand fikr teran mazmun va go‘zal badiiyat uyg‘unligida talqin etiladi:

Toki Navoiydan navo taralmish –

Dunyoda yangi bir dunyo yaralmish.

Shoir bugungi avlodni Navoiyga intilib yashashga da’vat etadi. Uning bu boradagi fikrlari shunchaki chaqiriqlar yoki shiorlar bo‘lmay, balki yurak qo‘ri bilan sug‘orilgani, o‘quvchi qalbining tub-tubiga yetib borishi, tutilmagan tashbehlar, betakror obrazlar vositasida ifodalangani bilan qimmatlidir. 

Sirojiddin Sayyid hazrat Navoiyni ko‘p o‘qiydi. «Xazoyin ul-maoniy»ni xatm qilgan kunini eng katta bayram deb biladi. Muhimi, she’rlarida ulug‘ Navoiydan, mumtoz she’riyatimizdan bahramandlik ta’siri sezilib turadi:

Chaman ichra o‘zi ham bir

                                               atirgulday bo‘lib qolgay,

Dilimning qoniga bulbul

                                               qanotin gar bulab qo‘ysa...

Menga xanjar bilan shamshir

                                               tig‘iga hargiz hojat yo‘q,

Uzun mijgonlarini gar 

nigorim bir qadab qo‘ysa.

«Menga ханжар bilan shamshir tig‘iga hargiz hojat yo‘q» misrasidagi vazn saktaligini e’tiborga olmaganda, bu baytlardagi mumtoz g‘azalnavislikka xos jozibani his etmaslik mumkin emas.

G‘azal, muxammas janrlarida Abdulla Oripov va Erkin Vohidovdan keyin eng faol va mahorat bilan ijod qilayotgan shoir Sirojiddin Sayyiddir. “Insong‘a erur kamol matlub, Andin dag‘i dardu hol matlub” – hazrat Navoiyning ushbu satrlaridagi mohiyat nevara shogirdining g‘azallarida ham bo‘y ko‘rsatayotgani mumtoz she’riyat muxlislarini quvontirishi tabiiy. 

Men ishq elining nolayu afg‘onida kuydim.

Ko‘ngil uyining otashi armonida kuydim –

Shoirning ushbu matla’li g‘azali she’riyat muxlislarining va ilmu ijod ahlining munosib e’tirofiga sazovor bo‘lgani ayon. Xalqimizning ardoqli san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosida mumtoz qo‘shiqqa aylangani ham sir emas. Ko‘p yillar muqaddam mazkur qo‘shiq “Xalqlar do‘stligi” saroyida Sherali Jo‘rayev ijrosida ijro etila boshlaganda Sirojiddin Sayyidning shundoq yonida o‘tirgan tomoshabinlardan biri shoirning tizzasiga urib: “Oh, Navoiy!”  deya nido qiladi. Shoir: “G‘azalimning Navoiy asariga tenglashtirilgani umrim davomida menga berilgan eng katta mukofot!”  deydi. Darhaqiqat, g‘azal ushbu mumtoz janrning barcha talablariga javob berishi barobarida el ko‘nglidagi tuyg‘ular ifodalangani jihatidan ham qimmatlidir. Mana, shoirning yana bir mumtoz g‘azali:

Dil bu kun, boshdin oyog‘im dil bu kun,

Har qaroru har qarog‘im dil bu kun.

Dildin o‘zga qolmadi manzil manga,

Eng yaqin ham eng yirog‘im dil bu kun.

Sirojiddin Sayyid – dil shoiri, ruhiyat shoiri, boshdan-oyog‘i dildan iborat bo‘lgan shoir. Muallifning bu izhorida yolg‘on yo‘q. Zero, haqiqiy she’r yolg‘onni ko‘tarmaydi. So‘z, hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, “haqiqat o‘tidan choshni (bahra)” topgandagina toshni ham suv kabi erita oladi. Tuyg‘u samimiyati, fikr teranligi, badiiyat mukammalligi – ushbu g‘azal yutug‘ini ta’minlagan badiiy-estetik omillar mana shulardir.

Ko‘ksim ichra yig‘layur qizg‘ish xazon,

O‘rtanib chekkan firog‘im dil bukun.

O‘tmasin dil fasli, ey, ustoz falak,

Menga dars bergil, sabog‘im dil bukun!

Qo‘ynida toshlar nihon kaslar aro

Yakkayu tanho yarog‘im dil bukun.

G‘azal dildagi pinhon dardlar izhori asosiga qurilgan. “Dil fasli” – bu istiora zamirida ham chuqur ma’no yashirin. Ko‘ksida qizg‘ish xazon yig‘layotgani, bundan o‘rtanib fig‘on chekayotgani tasvirini bergan shoir bunday hodisaga sanoqsiz marta guvoh bo‘lgan ustoz falakdan dars olmoq istaydi. Zero, qo‘ynida qabohat toshlari nihon bo‘lgan kaslar ko‘p. Shoirning ularga qarshi tanho yarog‘i – dil. Barcha zamonlarda har qanday odam duch kelishi mumkin bo‘lgan ruhiy holat tasviri berilgan ushbu g‘azalda. Uni mutolaa qilgan har bir kishi o‘zini, o‘z kechinmalarini, o‘z tuyg‘ularini ko‘radi. Zero, she’rdan murod ham shu – odamlarga oyna misoli fazlu nuqsini namoyon etmoq.

Bugungi she’riyatimizda fikrni ko‘hna aruzda ifodalashga intilish tamoyili kuchayib borayotir. Biroq aruz vaznida talab darajasida yoza oladigan ijodkor barmoq bilan sanarli. Sirojiddin Sayyid aruz vaznining nazariy qoidalarini puxta egallagan va unda mahorat bilan ijod qilayotgan shoirlardan. Shoirning g‘azallari bu janrga qo‘yiladigan talablarga har jihatdan muvofiq kelishini ta’kidlash kerak. Uning hazaji musaddasi mahzuf (ruknlari: mafoiylun-mafoiylun-faulun) vaznida yozilgan “Chamandirsan chamandan tashqarida” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azali ham bu fikrni tasdiqlaydi:

Muhabbat jon bilan ko‘ngil fanidir,

Nadir holing bu fandan tashqarida.

Nihol ek ezgulik bog‘iga, inson,

Yuribsan to kafandan tashqarida.

Ezgulik bog‘iga nihol ekish  o‘zidan ezgu nom qoldirish demakdir. Milliy adabiyotimizning eng qadimgi davridan to bugunga qadar mutafakkir ijodkorlar bir-birini takrorlamagan holda ana shu umrboqiy g‘oyani ohorli badiiy talqin etganini kuzatish mumkin. Bu ko‘hna va teran fikrga yangi poetik libos kiydira olgani Sirojiddin Sayyidning katta yutug‘idir. 

O‘zingdan ichkari kir, dilga kirgil,

Na bordir jon va tandan tashqarida?

Ichkari va tashqari, botin va zohir munosabatlari barcha davrlarda ham adabiyotning, she’riyatning bosh mavzularidan bo‘lib kelgan. Zero, hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, inson “O‘z vujudiga tafakkur aylagan” taqdirdagina mohiyatga yetmog‘i mumkin. Ana shu hayotbaxsh g‘oyaning zamonaviy she’riyatimizda ham mahorat bilan kuylanayotgani tahsinga loyiq.

Vatan ichra safarlar ayla, ey dil,

Vatan bo‘lmas Vatandan tashqarida.

Naqshbandiyona “Safar dar vatan”ning zamonaga mos ohorli poetik talqini ko‘ngillarga nur olib kiradi. Qalbu shuurni chinakam g‘azaliyot, haqiqiy she’riyat lazzatidan bahramand etadi.

Umr o‘tkinchi, vaqt o‘tguvchidir. Shunday ekan, inson umrning biror lahzasini g‘aflatda o‘tkazmasligi zarur; vaqtni qadrlamog‘i kerak. Ma’naviy kamolot uchun safarbar etilmasa, inson hayotidan hech qanday ma’ni qolmaydi. Aziz umr behuda ishlarga, besamar hoyu havaslarga qurbon qilinmasligi lozim. Shoir g‘azallarida hech bir zamonda eskirmaydigan shu va shu singari mavzular qalamga olinadi. Bu jihatdan ularni mumtoz g‘azaliyot namunalariga mengzash mumkin. Muhimi, bu kabi mavzular shunchaki bayon etilmaydi, badiiy tasvir zamiriga san’atkorona singdiriladi. Jumladan, shoir zebi zohirga berilish, molparastlik insoniylikning asl mohiyatiga zid ekanini mana bu tarzda badiiy talqin etadi:

Solding baland koshonalar,

                            ayvonidan bosh aylanar,

Boshing uza tosh aylanar,

                            maqsad va a’moling nadir?

Umring bo‘yi mol istading,

                            ko‘rgil, na iqbol istading,

Qaddingni ham dol istading,

                            yiqqan zaru moling nadir?

Ushbu g‘azal badiiyatini ta’minlagan omillar quyidagilardir: 1) fikr saj’ orqali ifodalangan; 2) badiiy san’atlardan (tanosub, tazod, tashbeh) mahorat bilan foydalanilgan; 3) murojaat-savol usuli qo‘llangan; 4) g‘azalda vazn saktaligi uchramaydi. 

Shoir g‘azallarida tajnis san’atidan ham mahorat bilan istifoda etilgan. Jumladan, mana bu fardda teran mazmun mazkur san’at vositasida go‘zal badiiy shaklda ifodalangan:

Yaratgan gar qaro holni

                            sening bo‘yningga qo‘ymishdir,

Aning jabrini tortmoqni

                            mening bo‘ynimga qo‘ymishdir.

“Bo‘yin” so‘zi birinchi misrada o‘z ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, ikkinchi satrda “zimmamga” ma’nosida qo‘llangan. Bu hol shoirning so‘zni nozik his etishidan, fikrning badiiy quvvatini oshirish sirlarini puxta egallaganidan dalolat beradi. 

Xulosa qilib aytganda, Sirojiddin Sayyid ijodiy kamolotining asosiy estetik omili hazrat Alisher Navoiy ijodxonasidan muttasil ravishda munosib saboqlar olib kelayotganidadir. 

Nurboy Jabborov,

filologiya fanlari doktori, professor.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan kabi  mangu Navoiy”