Mana, qo‘limizda ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy ushbu jurnalning yangi soni. Rang-barang, geografiyasi yanada kengaygan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning “Kutib ol, Dunyo...” nomli maqolasidagi quyidagi e’tiroflar jurnal o‘quvchilari qalbigaa xitob o‘laroq yangraydi: “Sharl de Goll, Otto fon Bismark, Uinston Cherchill, Franklin Ruzvelt, Yelizaveta II, Li Kuan Yu, Muhammad ibn Zayd al-Nahayon... Endi esa Shavkat Mirziyoyev!”. Albatta, o‘qing!
“9 may - Xotira va qadrlash kuni”, “Xorazmning buyuk tog‘lari yoxud qayta tiklanayotgan tarixiy haqiqat”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuridddin Xoliqnazar hazratlari bilan qilingan “Vatan muhabbati ila yurtlar obod bo‘lur” nomli suhbat, “Turkiston qayg‘usi” – asar so‘zboshisidan parcha, “Markaziy Osiyo: kecha va bugun” – geosiyosat va tahlil, amerikalik siyosatshunos, Markaziy Osiyo va kavkaz instituti (SASI) asoschisi, raisi Frederik Starr, Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va ekologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Xamidjon Arofov, qirg‘izistonlik iqtisodchi Azamat Akeneyev, qozog‘istonlik olim, Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar markazi direktori Serik Belgibayev, iqtisodchi Yuliy Yusupov, Devin DeVizning “Markaziy Osiyo intellektual tarixidagi qoliplar, yonbosishlar va soxta dixotomiyalar” maqolasi xususida ayrim mulohazalar, O‘rta Osiyo geologiya maktabini yaratgan alloma Habib Abdullayev, “Temur vaqf qilgan jez shamdonlar qanday yo‘qolgan?”, “Shimoliy Hindistonni himoya qilgan turkiylar” kabi chuqur tahlilga asoslangan maqolalarni o‘qirkansiz, beixtiyor qalbga yana bir bor quloq solasiz, tomirlarda oqayotgan qonning shovullab, jo‘shayotganini his qilib turasiz.
“VATAN”ga yuzlaning, “VATAN”ni o‘qing...
O‘zA