Vaşington harbiy amaliyotlar örniga iqtisodiy bosimga tayanmoqda
Baʼzi kunlarda Hurmuz böğozi orqali ötayotgan neft hajmi mojarodan oldingi darajaning 80-85 foiziga yetadi, dedi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio.
Rubio şuningdek, Eron tijorat kemalarini çöktirişga uriniş uçun har keça bir neçta dronlarni uçiriş davom etayotganiga qaramay, yuk taşiş davom etayotganini taʼkidladi.
AQŞ, Isroil va Eron örtasidagi mojaro biroz tinçlangan bölsa-da, hali ham hal qilinmagan va yangi harbiy harakatlar xavfi saqlanib turibdi.
Hurmuz böğozi neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gazni global bozorlarga yetkazib berişning asosiy yönalişi hisoblanadi.
Rubio AQŞning Eronga qarşi iqtisodiy kampaniyasi haqida gapirar ekan, bu çora iş berayotgani, yangi harbiy amaliyotlar zarur bölmasligi mumkinligini taʼkidladi.
- Islom Respublikasiga iqtisodiy bosim şunçalik halokatli va samaraliki, prezident yirik harbiy amaliyotlar hali zarur emas, degan xulosaga keldi, çunki biz iqtisodiy çoralar orqali xuddi şu maqsadlarga erişmoqdamiz, -dedi u.
AQŞ Davlat kotibi agar Eron keskinlikni kuçaytirib, harbiy harakatlarni boşlasa, Qöşma Ştatlar javob berişga tayyor ekanini maʼlum qildi.
S.Rahimov, ÖzA