Polsha Respublikasi poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT)ning inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi holatini muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasida Navoiy viloyati “Noila” ijtimoiy ko‘mak, huquqiy targ‘ibot va monitoring markazi rahbari Mansurjon Hamidov ham ishtirok etmoqda.

Unda inson huquqlarini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishda viloyatda yaratilayotgan “Navoiy tajribasi” taqdimoti o‘tkazildi.

– “Navoiy tajribasi” shundan iboratki, viloyatimizda inson huquqlarini ta’minlash va maishiy korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik nazorati rolini kengaytirish, xususan, mahalliy davlat organlari huzurida Jamoatchilik kengashlari rolini oshirishdan iborat, – deydi M.Hamidov. – Markazimiz 2022 yildan boshlab aynan mazkur yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Butun dunyoda ijtimoiy audit degan tushuncha bor. Bu tushuncha aslida jamoatchilik nazoratini eng takomillashgan yuqori nuqtasi. Davlat resurslari, byudjet mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishi, aniq maqsadga yo‘naltirilishini o‘rganib borish va mana shu amaliyotga o‘tish uchun ijtimoiy sherikchilik va jamoatchilik nazorati judayam muhim hisoblanadi. “Navoiy tajribasi” asosida nodavlat tuzilmalar faoliyatiga mahalliy davlat organlarini ishontirish, ular bilan ijtimoiy sherikchilikni yo‘lga qo‘yishdir.  

Ushbu konferensiya YeXHT doirasida inson huquqlari va asosiy erkinliklar sohasida ishtirokchi davlatlarning majburiyatlarini bajarish holatini baholash maqsadida o‘tkazilmoqda.

A.Bo‘riyev,  
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Varshavada “Navoiy tajribasi” taqdimot qilindi