Varraklar festivali – bolalikning yorqin onlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yangi imkoniyatlar oyligi” doirasida “Smile spring” varraklar festivalining respublika bosqichi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Festivalda 18 ming 730 nafardan ortiq o‘quvchi-yosh qamrab olinib, ishtirokchilar uch yo‘nalishda o‘zaro bellashdi.

Tadbirda kuy-qo‘shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
N.Usmonova,
O‘zA