Vaqtida to‘lanmagan qarzdorlik qimmatga tushdi
Sirdaryo viloyatida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro choralari natijasida korxonadan qariyb 166 million so‘m mablag‘ undirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasining 2026-yil 31-martdagi qaroriga asosan “Guliston D.B.” MCHJdan 158,1 mln. so‘m soliq qarzi undirilishi belgilangan. Qaror ijrosi Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limiga yuklatilgan.

Biroq qarzdor tomonidan belgilangan muddatlarda qarz ixtiyoriy ravishda to‘lanmagani sabab, davlat ijrochilari majburiy chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Jarayon davomida qarzdorga tegishli “BYD” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Ko‘rilgan ta’sirchan choralar natijasida korxona o‘z qarzdorligini to‘liq qopladi. Natijada 158,1 mln. so‘m soliq qarzi hamda 7,9 mln. so‘m ijro yig‘imi to‘liq qoplandi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri