Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – vakillik organlarining rivojlanishida yangi bosqich” mavzusida parlament konferensiyasi o‘tkazildi. Unda parlament quyi palatasi deputatlari, Senat a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib berdi.

Konferensiyada Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda vakillik organlarining o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Qo‘mita raisi Shuhrat Bafoyev, deputat Muxtabar Husanova, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Hayitjon Turdiyev mamlakatimizning milliy parlamenti rivoji, parlament institutini takomillashtirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari borasida ma’ruza qildi.– Qonunchilik palatasi faoliyatida qonun loyihalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishning demokratik tartib-qoidalari joriy etildi, qonun loyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yo‘lga qo‘yildi, – dedi Shuhrat Bafoyev. – Qonun loyihasining muhokamasida tashabbuskor sub’ekt yoki uning vakili ma’ruza bilan chiqayotgani, Hukumatning davlat dasturi ijrosi bo‘yicha parlament oldida har chorakda hisobot berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, parlament nazoratining yangi shakli sifatida “Hukumat soati” instituti joriy etilgani – qonun ijodkorligi va parlament nazoratini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Bugun milliy parlamentimiz demokratik islohotlarimizning drayveriga aylanmoqda.  

Konferensiyada parlament institutini takomillashtirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizga parlamentga oid qator o‘zgarishlar kiritildi. Senat va Qonunchilik palatasining vakolatlari alohida ko‘rsatib o‘tildi. Quyi palataning vakolatlari 5 tadan 12 taga ko‘paydi. Xususan, parlament palatalarining tabiatiga mos holda mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish vakolati hududiy vakillik palatasi hisoblangan Senatga berilgani, shuningdek, davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash, Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish kabi vakolatlarning bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgani – parlament palatalari faoliyatining samaradorligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda yangi konstitutsiyaviy normalar orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari doirasining belgilab berilganiga alohida e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni belgilashda, mahalliy ijroiya hokimiyati ustidan samarali nazoratni amalga oshirishda, mahalliy byudjetlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish, parlament hamda mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vakillik organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari muhokama qilindi