17-18 aprel kunlari Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: O‘zbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis deputatlari va senatorlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari, vazirlik va idoralar, tahliliy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Rossiya, Sloveniya, Fransiya, Polsha, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi 9 mamlakatdan ekspertlar va olimlar, Venetsiya komissiyasi, YeXHT va GIZ kabi xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. 

Anjuman davomida yangilangan Konstitutsiya sharoitida parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, ularning faoliyatiga oid zamonaviy yondashuvlar xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokama qilindi. Shuningdek, qonunchilik faoliyati, parlament nazorati, vakillik va ijro hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli masalalari ko‘rib chiqildi. Bu borada xorijiy davlatlarning tajribasiga oid ma’lumotlar, ekspertlarning takliflari tinglandi. 

[gallery-22875]

Anjumanda so‘zga chiqqan Buyuk Britaniya, Rossiya, Sloveniya, Qozog‘iston davlatlarining vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarni, milliy parlamentimiz rivoji yo‘lidagi sa’y-harakatlarni alohida e’tirof etdi. Shuningdek, Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasining aynan Toshkentda o‘tkazilgani O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatda samarali, inklyuziv va shaffof davlat hokimiyati tizimini barpo etishga qaratilgan demokratik islohotlar mamlakati sifatida tan olinayotganining namunasi ekanligidan dalolat berishi qayd etildi. 

Anjuman ishtirokchilari yangilangan Konstitutsiyamiz O‘zbekiston milliy davlatchiligi rivojlanishida yangi bosqichni belgilab bergani hamda demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat qurishning poydevori bo‘lganini ta’kidladi. 

Qayd etilganidek, 2024 yilda ilk bor aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi mamlakatimizda konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 

– Oliy vakillik organining jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ishtirokini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonun qabul qilindi, — dedi parlament quyi palatasi deputati Sh.Yakubov. – Yangi Konstitutsiyada parlament vakolatlari yanada oshirildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatning vakolatlari 14 tadan 18 taga yetkazildi. Parlamentning hukumatni shakllantirishdagi ishtiroki, huquqni muhofaza qilish organlari ustidan nazorat qilish vakolatlari yanada kuchaytirildi. Hududlarda ham mahalliy Kengashlarning vakolatlari kengaytirildi. 

Umuman, konstitutsiyaviy islohotlardan keyin parlament va vakillik organlarining faoliyatida zamonaviy yondashuvlar yuzaga keldi. Mamlakatimizda aralash saylov tizimi amaliyotga joriy qilingani, o‘tgan 2024 yilda bo‘lib o‘tgan saylov ana shu tizim asosida o‘tkazilgani, yangi shakllangan parlament tarkibida ilmiy darajali deputatlar, yoshlar safi ko‘payganini alohida qayd etish lozim, – dedi deputat. 

Anjumanda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish va parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning siyosiy-huquqiy masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Vakillik organlarini samarali modernizatsiya qilishda xalqaro tajribani har tomonlama o‘rganish, eng ilg‘or xorijiy amaliyotlarni tahlil qilish hamda milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib ulardan foydalanish masalalariga urg‘u berildi. 

Anjuman yakunida yangi konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida parlament va hokimiyatning vakillik organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro anjuman sessiyalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirmoqda. 

Muhtarama Komilova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vakillik hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiyaviy asoslar, samaradorlik va xorijiy tajriba