Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida «Ayollar daftari», «Temir daftar» ro‘yxatida turgan ayollarga «Do‘stlik» mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratib berildi.
Sardoba tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehriniso Eshonxonova boshchiligida tumanning «Fayzliobod» hamda «Xalqobod» mahallalarida noturar joyda istiqomat qilib kelayotgan, boquvchisini yo‘qotgan uy-joyga muhtoj 3 nafar ayolga ijtimoiy uy kalitlari topshirildi.

«Xalqabod»lik turmush o‘rtog‘i vafot etgan Husniya Tashqulova Chinobod ko‘chasidagi Paxta tozalash zavodi yotoqxonasida 3 nafar farzandi bilan, «Fayzliobod»lik turmush o‘rtog‘i vafot etgan Hojar Absalomova Fayzliobod ko‘chasidagi 24/3 uyga tegishli noturar joyda 2 nafar farzandi bilan, xuddi shu mahalladagi turmush o‘rtog‘i vafot etgan Dilafruz Mamatmurodova Do‘stlik ko‘chasi avtoshohbekatidagi vagonda 1 nafar farzandi bilan yashab kelayotgan edi.
Ijtimoiy uy bilan ta’minlangan ayollarning quvonchi cheksiz.
<iframe width="930" height="523" src="https://www.youtube.com/embed/CAsOWZZMgow" title="Vagon va noturar joylarda yashayotgan ayollar ijtimoiy uy bilan ta’minlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shuhrat Suyarov, O‘zA